Pokistondagi kompaniya O‘zbekiston bozorida yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi

© Depositphotos / BongkarnGraphicKomanda razrabotchikov nad sozdaniyem shablona smartfona
Komanda razrabotchikov nad sozdaniyem shablona smartfona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Pokistonning "Tabani Corp" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Pokistonning yirik kompaniyasi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston bozoriga qaytmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning "Tabani Corp" kompaniyasi rahbari Abdul Rauf Tabani bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekistonda sanoat, savdo, IT va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
"Biz tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda noyob imkoniyatlardan foydalanib, birodar xalqlarimizning umumiy farovonligiga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekiston bozoriga qaytish istagidamiz", — dedi Abdul Rauf Tabani.
Tomonlar yengil sanoat yo‘nalishida hamkorlik qilish, O‘zbekistonda to‘qimachilik yo‘nalishida qo‘shma investitsion loyihani amalga oshirish, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologik yechimlarni olib kirish to‘g‘risida kelishib oldi.
Pokiston vakili, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasini raqamlashtirish va biznesga zamonaviy IT ishlanmalarni joriy etish yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarda ham ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur kompaniya hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni kelishish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Yangiliklar lentasi
0