Osiyo va Afrika davlatlari ShHTda kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza topshirgan — bosh kotib

© Sputnik / Sanat ImangaliyevFlagi ShOS
Flagi ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2025
Obuna bo‘lish
ShHT bosh kotibi tashkilotda kuzatuvchi va hamkor sifatida ishtirok etish uchun qaysi davlatlar ariza bergani haqidagi savolga javob berdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Osiyo va hatto Afrikaning turli burchaklaridagi davlatlarning Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)da kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkorlar maqomi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibining o‘rinbosari bo‘ldi
“ShHT - umuman olganda, Yevroosiyo tashkiloti bo‘lib, sherik va kuzatuvchi maqomiga da’vogarlar Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va G‘arbiy Osiyoda joylashgan. Ba’zi davlatlar hatto Afrika qit’asida, uning shimoli va sharqida joylashgan”, — dedi Yermekbayev ShHTda kuzatuvchi va hamkor sifatida ishtirok etish uchun qaysi davlatlar ariza bergani haqidagi savolga javob berib.
Uning eslatishicha, bugungi kunda kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha hamkorlar maqomiga ega bo‘lish uchun olti va sakkizta ariza bor va ular ko‘rib chiqilmoqda.

“Ammo gap maqomda emas, balki biz ham hamkorlar, ham kuzatuvchilar maqomidan qat’i nazar, ular bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish istagidamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Yermekbayev.

Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bugungi kunda u 10 ta davlatni o‘z ichiga oladi. Sanab o‘tilganlardan tashqari, Hindiston, Pokiston, Belarus va Eron turli vaqtlarda unga qo‘shilgan.
Shavkat Mirziyoyev zavershil svoy rabochiy vizit v Rossiyu dlya uchastiya v neformalnom sammite SNG i otbil v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
MDH davlat rahbarlari qachon uchrashishi aytildi
Yangiliklar lentasi
0