Giyohvandlikka qarshi kurash, aksilterror mashg‘ulotlar: ShHT qanday ishlar ustida ishlamoqda?
© Sputnik/Zafar XalilovFlag Irana podnyali v Ispolkome RATS ShOS.

© Sputnik/Zafar Xalilov
Obuna bo‘lish
ShHT bosh kotibi: ShHT davlatlarining aksilterror mashg‘ulotlari 2025-yilda bo‘lib o‘tishi kerak.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirmoqda. Bu haqda ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"O‘rgimchak to‘r" kabi giyohvandlikka qarshi aksiyalar o‘tkazilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda giyohvandlikka qarshi kurash idoralari mutaxassislari uchrashib, tadbirlar tashkil etilmoqda. ShHTning 2029-yilgacha narkotiklarga qarshi kurash strategiyasi qabul qilindi. Hozirda xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashishning umumiy mexanizmini takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda”, — dedi Yermekbayev.
U narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash ShHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.
Aytilishicha, ShHT davlatlarining aksilterror mashg‘ulotlari 2025-yilda bo‘lib o‘tishi kerak, ularning sanasi keyinroq aniqlanadi.
“Ya’ni muntazam ravishda axborot almashish, faoliyatni muvofiqlashtirish bilan birga terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yil sana belgilanishini va terrorga qarshi mashg‘ulotlar ham o‘tkazilishini kutamiz”, — dedi u.
Shuningdek, Xitoy 2025-yilda ShHTga raislik qilish uchun keng qamrovli dasturga ega: u asosiy e’tiborni sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, startaplar va innovatsiyalar hamda qashshoqlikka qarshi kurashga qaratadi, dedi Yermekbayev.
“Xitoy ShHTda qabul qilingan amaliyotga muvofiq, o‘z raisligining asosiy mavzusini belgilab oldi. Bu barqaror rivojlanish mavzusi. Mavzu juda keng. Shu bois, ushbu mavzuga muvofiq, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, startaplar va innovatsiyalar, qashshoqlikka qarshi kurash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, yashil energiyani rivojlantirish kabi juda keng ko‘lamli masalalarni o‘z ichiga olgan tadbirlar rejalashtirilgan” — dedi Yermekbayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin jami 200 tadan ortiq tadbirni rejalashtirmoqda, ulardan 70% ga yaqini muntazam, 30% ga yaqini esa ShHTga a’zo davlatlar tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbirlardir.
2025 yilda ShHTga raislik navbatma-navbat Xitoy Xalq Respublikasiga o‘tadi.
ShHT davlatlarida viza rejimini yumshatish tashkilot kun tartibidan o‘rin olgan, biroq uning barcha mamlakatlari bo‘ylab vizasiz sayohat masalasi hali “pishgan” emas.
“Viza rejimini yumshatish masalalari tegishli organlar, birinchi navbatda turizm boshqarmalari, ichki ishlar vazirliklari va migratsiya xizmatlarining kun tartibida turibdi... Butun Tashkilot doirasida vizasiz rejim masalasi hali pishib yetgani yo‘q, biroq viza rejimlarini liberallashtirish bo‘yicha ishlar turizm ma’muriyatlarining harakatlar rejasida belgilangan vazifalardan biridir”, — dedi ShHT bosh kotibi.
Uning ta’kidlashicha, bu kabi masalalar, jumladan, ikki tomonlama asosda hal qilinmoqda va ShHTga a’zo ko‘plab davlatlar allaqachon vizasiz sayohat bo‘yicha kelishuvlar tuzgan.
ShHT hisob-kitoblarida milliy valyutalarni oshirish bo‘yicha ishlar ekspertlar darajasida davom etmoqda.
“O‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Ushbu bosqichda aniq ishlar ekspertlar darajasida amalga oshiriladi. Ular bu ishni institutsional ta’minlash, tegishli to‘lov infratuzilmasini yaratish, meyoriy-huquqiy bazaga – ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarga zarur o‘zgartirishlar kiritishni muhokama qilmoqda”, — dedi Yermekbayev.