Buxoro va Namanganda davlat texnika universitetlari tashkil etiladi

© Russkiy dom v Tashkente V Tashkente proshel "Literaturniy diktant"
 V Tashkente proshel Literaturniy diktant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2025
Obuna bo‘lish
Universitet Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida ochiladi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
“Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
“Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi”, — deyilgan hujjat matnida.
Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;
yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;
2026 yil 1-yanvardan universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Shuningdek, prezident “Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
"2025/2026 o‘quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko‘riladi", — deyiladi hujjat matnida.
2026/2027 o‘quv yiligacha universitetning kamida ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi ta’minlanadi.
2025 yildan yirik ishlab chiqarish korxonalarini universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
Virus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2025
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0