https://oz.sputniknews.uz/20250126/travmatologiya-ortopediya-markaz-robot-jarrohlik-47697142.html
Endi Travmatologiya va ortopediya markazida robot jarrohligi yo‘lga qo‘yiladi
Endi Travmatologiya va ortopediya markazida robot jarrohligi yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Robot jarrohligi” tizza bo‘g‘imlari kasalliklarini davolash jarayonida qo‘llaniladi. 26.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-26T15:38+0500
2025-01-26T15:38+0500
2025-01-26T15:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tibbiyot muassasi
jarrohlik amaliyoti
robot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33522124_0:129:1280:849_1920x0_80_0_0_0d82e09f4ae4ff5078b54373644dd131.jpg.webp
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Travmatologiya va ortopediya markazida robot jarrohligi joriy etiladi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025-yilda bu yo‘nalishda qator yangiliklar joriy etilishi kutilmoqda.Natijada maxsus dastur yordamida murakkab amaliyotlar chog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xirurgik xatoliklarning oldi olinadi.Ilg‘or diagnostika va muolaja usullarini bosqichma-bosqich tumanlarda ham joriy etiladi. Jumladan, shu yil davomida tuman (shahar) shifoxonalarida 2 ta yangi diagnostika va 8 ta davolash usuli amaliyotga tatbiq etiladi.Qayd etilishicha, respublikaning 48 ta tumani va 10 ta shahrida son suyagi distal oxiri siniqlarini retrograd BIOS qilish, chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarini total endoprotezlash, son suyagi proksimal oxiri siniqlarini yangi modeldagi BIOS INTERTAN bilan osteosintezlash, butsimon boylamlar jarohatining artroskopik autoplastikasi, PRP terapiya, AO plastinalari bilan osteosintez qilish usullari o‘zlashtiriladi.Aytilishicha, natijada bemorlarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, xorijiy davlatlar yoki poytaxtimiz va viloyatlar markazlariga uzoq tumanlardan qatnovi 10 foizga kamayadi.Bundan tashqari, bevosita markazning malakali mutaxassislari tomonidan hududlarda 6 mingga yaqin tibbiy ko‘riklar, 300 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkaziladi.Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Navoiy viloyatlarida sayyor sikllar tashkil qilinib, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish orqali chaqaloqlarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini UTT yordamida diagnostika qilish usuli yo‘lga qo‘yiladi.“O‘z navbatida, Xitoy, Rossiya, Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, Hindiston kabi qator rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislarning mamlakatimizga tashrifi amalga oshirilib, ular ishtirokida joylarda mahorat darslari, tibbiy ko‘riklar va qo‘shma operatsiyalar o‘tkazamiz”, — deya ma’lum qilingan xabarda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33522124_74:0:1206:849_1920x0_80_0_0_1ef1b43fe71a0f955fc172172191e020.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tibbiyot muassasi, jarrohlik amaliyoti , robot
jamiyat, o‘zbekiston, tibbiyot muassasi, jarrohlik amaliyoti , robot
Endi Travmatologiya va ortopediya markazida robot jarrohligi yo‘lga qo‘yiladi
“Robot jarrohligi” tizza bo‘g‘imlari kasalliklarini davolash jarayonida qo‘llaniladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Travmatologiya va ortopediya markazida robot jarrohligi joriy etiladi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025-yilda bu yo‘nalishda qator yangiliklar joriy etilishi kutilmoqda.
“Muassasamizda “robot jarrohligi”ni yo‘lga qo‘yish, xususan, ushbu amaliyotni tizza bo‘g‘imlari kasalliklarini davolash jarayonida qo‘llashni rejalashtirganmiz, deydi markaz direktori Murod Irismetov. — Mazkur yangilikning afzalliklari ko‘p. Masalan, operatsiya o‘ta yuqori aniqlikda bajariladi. Jarayon xavfsizligi ta’minlanadi. Shifokorga inson tanasining eng murakkab qismlari hamda kasallikning eng og‘ir darajalarida xam erkin ishlash imkonini beradi”.
Natijada maxsus dastur yordamida murakkab amaliyotlar chog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xirurgik xatoliklarning oldi olinadi.
Ilg‘or diagnostika va muolaja usullarini bosqichma-bosqich tumanlarda ham joriy etiladi. Jumladan, shu yil davomida tuman (shahar) shifoxonalarida 2 ta yangi diagnostika va 8 ta davolash usuli amaliyotga tatbiq etiladi.
Qayd etilishicha, respublikaning 48 ta tumani va 10 ta shahrida son suyagi distal oxiri siniqlarini retrograd BIOS qilish, chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarini total endoprotezlash, son suyagi proksimal oxiri siniqlarini yangi modeldagi BIOS INTERTAN bilan osteosintezlash, butsimon boylamlar jarohatining artroskopik autoplastikasi, PRP terapiya, AO plastinalari bilan osteosintez qilish usullari o‘zlashtiriladi.
Aytilishicha, natijada bemorlarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, xorijiy davlatlar yoki poytaxtimiz va viloyatlar markazlariga uzoq tumanlardan qatnovi 10 foizga kamayadi.
Bundan tashqari, bevosita markazning malakali mutaxassislari tomonidan hududlarda 6 mingga yaqin tibbiy ko‘riklar, 300 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkaziladi.
Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Navoiy viloyatlarida sayyor sikllar tashkil qilinib, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish orqali chaqaloqlarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini UTT yordamida diagnostika qilish usuli yo‘lga qo‘yiladi.
“O‘z navbatida, Xitoy, Rossiya, Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, Hindiston kabi qator rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislarning mamlakatimizga tashrifi amalga oshirilib, ular ishtirokida joylarda mahorat darslari, tibbiy ko‘riklar va qo‘shma operatsiyalar o‘tkazamiz”, — deya ma’lum qilingan xabarda.