https://oz.sputniknews.uz/20250126/dermatovenerologiya-kosmetologiya-ozbekiston-muolaja-47698181.html
Dermatovenerologiya va kosmetologiya: O‘zbekistonda qanday muolaja usullari yo‘lga qo‘yilgan?
Dermatovenerologiya va kosmetologiya: O‘zbekistonda qanday muolaja usullari yo‘lga qo‘yilgan?
Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘bek Sabirov:O‘zbekiston tibbiyoti transformatsiyasida yangi bosqichga kirishildi. 26.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-26T16:50+0500
2025-01-26T16:50+0500
2025-01-26T16:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45563094_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_7aeca3e40024187227391019c2b597d2.jpg.webp
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Dermatovenerologiya va kosmetologiya yo‘nalishida eng ilg‘or muolaja usullari tumanlar darajasida yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Aytilishicha, O‘zbekiston tibbiyoti transformatsiyasida yangi bosqichga kirishildi.Buxoro va Jizzaxdagi filiallarda yuz terisi patologik holatlarida 3D formatda skanerlash bilan teri holatini o‘rganish o‘zlashtirildi.Markazning Andijon, Navoiy, Samarqand filiallarida zahm diagnostikasida miqdoriy PGAR usuli, Xorazm filialida dermatologik kasalliklar tashxisotida gistologik tekshirish, Andijon, Qashqadaryo va Jizzax filiallarida atopik dermatit, ekzema, kattalar va bolalar qichimasi kasalliklarida IXLA usuli bilan qon zardobidagi IgE miqdorini aniqlash kabi qator ilg‘or diagnostika usullar amaliyotga tatbiq qilindi.Shuningdek, qator hududiy filiallarda o‘choqli alopetsiya kasalligining asoratli shakllarida trombotsitlarga boyitilgan qon plazmasi (RRP) bilan regenerativ muolaja qilish, Erbiyev (Frax) lazeri yordamida husunbuzardan keyingi chandiqlar hamda vitiligo kasalligini davolash yo‘lga qo‘yildi.Androgen va chandiqli allopetsiyalarda soch transplantatsiyasi, vitiligo xastaligida monoxrom (Excilite µ) nur yordamida davolash, IPL – nuri vositasida pushti husnbuzarni muolaja qilish usullari amaliyotga kiritildi. Bemorlarni trofik yara va o‘rab oluvchi temiratki kasalliklaridan xalos etishda BIOPTRON apparatini qo‘llashga kirishildi.“Umuman, o‘tgan yili viloyatlarda 30 turdagi, tuman va shaharlar darajasida 13 turdagi yangi diagnostika va davolash usullari amaliyotga tatbiq etilishi hamda telemeditsina imkoniyatlari orqali 2 ming 200 nafarga yaqin bemorlarga konsultativ yordam ko‘rsatildi. Natijada vitiligo, psoriaz, atopik dermatit kabi surunkali dermatozlar bilan kasallangan bemorlarning markazga murojaatlari 2023-yildagiga nisbatan qariyb 32 foizga kamaydi”, — deydi markaz direktori.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45563094_111:0:1890:1334_1920x0_80_0_0_59f808002e0dbc101615e9f491bb6263.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, o‘zbekiston, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Dermatovenerologiya va kosmetologiya: O‘zbekistonda qanday muolaja usullari yo‘lga qo‘yilgan?
Ulug‘bek Sabirov:O‘zbekiston tibbiyoti transformatsiyasida yangi bosqichga kirishildi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Dermatovenerologiya va kosmetologiya yo‘nalishida eng ilg‘or muolaja usullari tumanlar darajasida yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Aytilishicha, O‘zbekiston tibbiyoti transformatsiyasida yangi bosqichga kirishildi.
“Joylarga borib, pastga tushib ishlash amaliyoti qisqa muddatda o‘z samarasini bera boshladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ulug‘bek Sabirov. — Xususan, o‘tgan yil davomida muassasamizning Jizzax, Qashqadaryo filiallarida soch to‘kilishi bilan kechuvchi kasalliklar tashxisotida trixoskopiya instrumental diagnostika usuli yo‘lga qo‘yildi”.
Buxoro va Jizzaxdagi filiallarda yuz terisi patologik holatlarida 3D formatda skanerlash bilan teri holatini o‘rganish o‘zlashtirildi.
Markazning Andijon, Navoiy, Samarqand filiallarida zahm diagnostikasida miqdoriy PGAR usuli, Xorazm filialida dermatologik kasalliklar tashxisotida gistologik tekshirish, Andijon, Qashqadaryo va Jizzax filiallarida atopik dermatit, ekzema, kattalar va bolalar qichimasi kasalliklarida IXLA usuli bilan qon zardobidagi IgE miqdorini aniqlash kabi qator ilg‘or diagnostika usullar amaliyotga tatbiq qilindi.
Shuningdek, qator hududiy filiallarda o‘choqli alopetsiya kasalligining asoratli shakllarida trombotsitlarga boyitilgan qon plazmasi (RRP) bilan regenerativ muolaja qilish, Erbiyev (Frax) lazeri yordamida husunbuzardan keyingi chandiqlar hamda vitiligo kasalligini davolash yo‘lga qo‘yildi.
Androgen va chandiqli allopetsiyalarda soch transplantatsiyasi, vitiligo xastaligida monoxrom (Excilite µ) nur yordamida davolash, IPL – nuri vositasida pushti husnbuzarni muolaja qilish usullari amaliyotga kiritildi. Bemorlarni trofik yara va o‘rab oluvchi temiratki kasalliklaridan xalos etishda BIOPTRON apparatini qo‘llashga kirishildi.
“Umuman, o‘tgan yili viloyatlarda 30 turdagi, tuman va shaharlar darajasida 13 turdagi yangi diagnostika va davolash usullari amaliyotga tatbiq etilishi hamda telemeditsina imkoniyatlari orqali 2 ming 200 nafarga yaqin bemorlarga konsultativ yordam ko‘rsatildi. Natijada vitiligo, psoriaz, atopik dermatit kabi surunkali dermatozlar bilan kasallangan bemorlarning markazga murojaatlari 2023-yildagiga nisbatan qariyb 32 foizga kamaydi”, — deydi markaz direktori.