Rossiya qurilish kompaniyasi o‘zbekistonlik migrantlar uchun o‘quv kurslari tashkil etmoqchi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2025
Obuna bo‘lish
Andrey Kostarev tashkilotning ish rejalari, 2028-yilgacha bo‘lgan davrda obyektlarning qurilish rejalari ishlab chiqilgani va 1500 ga yaqin ish o‘rni yaratilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyasi migrantlar uchun maxsus qurilish texnikalarini boshqarish bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish taklifini bildirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Sverdlovsk viloyatidagi "YeNKO" qurilish korxonasi vakili Andrey Kostarev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar avvalida Rossiya tomoniga O‘zbekiston prezidentining "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berildi.
Mazkur qarorda belgilangan muhim vazifalarni bajarish bo‘yicha Bosh konsulxona tomonidan tizimli tadbirlar amalga oshirilayotgani, xorijiy, shu jumladan Rossiyaning salohiyatli ish beruvchilari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilayotgani bildirildi.
© IA "Dunyo"V Genkonsulstve Uzbekistana sostoyalas vstrecha s predstavitelem stroitelnoy kompanii "YeNKO" Sverdlovskoy oblasti.
V Genkonsulstve Uzbekistana sostoyalas vstrecha s predstavitelem stroitelnoy kompanii YeNKO Sverdlovskoy oblasti.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2025
V Genkonsulstve Uzbekistana sostoyalas vstrecha s predstavitelem stroitelnoy kompanii "YeNKO" Sverdlovskoy oblasti.
Andrey Kostarev tashkilotning ish rejalari, 2028-yilgacha bo‘lgan davrda obyektlarning qurilish rejalari ishlab chiqilgani va 1500 ga yaqin ish o‘rni yaratilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi kunda 200 nafar malakali quruvchilar bandligini ta’minlash imkoniyati bor.
"YeNKO" vakili, shuningdek, rus tilini o‘rgatish va maxsus qurilish texnikalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslarni yaratishni taklif qildi va ushbu dasturlarni ikki mamlakat hududida amalga oshirish uchun sarmoya kiritishga tayyorligini ta’kidladi.
Tomonlar ishchi kuchini jalb etish uchun tanlovlar o‘tkazish, ularning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirish va migrantlarni ish joyiga olib kelish masalalari xususida fikr almashdi.
O‘zbekistonda rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalariga asosan ishga qabul qilish uchun nomzodlar qanday imtihondan o‘tmoqdalar? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Matbuot markazi
Rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalari: nomzodlar qanday imtihondan o‘tishmoqda?
Yangiliklar lentasi
0