https://oz.sputniknews.uz/20250125/putin-tramp-47689126.html
Putin Trampga qanday ta’sir o‘tkazishni biladi — sobiq maslahatchi
Putin Trampga qanday ta’sir o‘tkazishni biladi — sobiq maslahatchi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisi Donald Trampga qanday ta’sir o‘tkazishni bilishini aytdi.
2025-01-25T16:57+0500
2025-01-25T16:57+0500
2025-01-25T17:01+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
aqsh
vladimir putin
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47199173_0:151:3104:1897_1920x0_80_0_0_3a3f53f3fe61675bbcb16ef99988723b.jpg.webp
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisi Donald Trampga qanday ta’sir o‘tkazishni bilishini aytdi. Bu haqda “Newsweek” yozmoqda.Putin Tramp bilan har ikki davlatni qiziqtirgan barcha sohalarda xotirjamlik bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi. Tramp avvalroq Putin bilan “darhol” uchrashmoqchi ekanligini va Rossiya rahbari ham buni xohlayotgani haqida “signallar” olayotganini aytgan edi.22 yanvar kuni Tramp Moskva maxsus operatsiyani to‘xtatmasa, yangi sanksiyalar va bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan edi. Oq uyning yangi xo‘jayini Ukrainadagi mojaroni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, jangovar harakatlar cho‘zilishining ehtimoliy salbiy oqibatlari haqida ogohlantirgandi.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu tahdidlarda yangilik ko‘rmaganini aytdi. Uning eslatishicha, Tramp sanksiya usullarini birinchi prezidentlik davrida ham yoqtirgan, biroq undan teng huquqli muloqot uchun hozircha hech qanday signallar bo‘lmagan, Moskva esa bunga tayyor.
https://oz.sputniknews.uz/20250124/tramp-darhol-putin-bilan-uchrashmoqchi-47677919.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47199173_187:0:2918:2048_1920x0_80_0_0_27fb5146740d04926ce0ed92929bd2f3.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin tramp aqsh sobiq maslahatchi
putin tramp aqsh sobiq maslahatchi
Putin Trampga qanday ta’sir o‘tkazishni biladi — sobiq maslahatchi
16:57 25.01.2025 (yangilandi: 17:01 25.01.2025) Bolton: Putin Tramp bilan qanday muomala qilishni biladi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisi Donald Trampga qanday ta’sir o‘tkazishni bilishini aytdi. Bu haqda “Newsweek”
yozmoqda.
“Putin Trampga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi, deb o‘ylayman. Menimcha, u buni qanday qilishni biladi. U Tramp bilan qanday muomala qilishni biladi. Va menimcha, bu Ukraina uchun juda xavfli vaziyat”, - deya Boltonning intervyudagi so‘zlarini keltiradi jurnalistlar.
Putin Tramp bilan har ikki davlatni qiziqtirgan barcha sohalarda xotirjamlik bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi. Tramp avvalroq Putin bilan “darhol” uchrashmoqchi ekanligini va Rossiya rahbari ham buni xohlayotgani haqida “signallar” olayotganini aytgan edi.
22 yanvar kuni Tramp Moskva maxsus operatsiyani to‘xtatmasa, yangi sanksiyalar va bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan edi. Oq uyning yangi xo‘jayini Ukrainadagi mojaroni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, jangovar harakatlar cho‘zilishining ehtimoliy salbiy oqibatlari haqida ogohlantirgandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu tahdidlarda yangilik ko‘rmaganini aytdi. Uning eslatishicha, Tramp sanksiya usullarini birinchi prezidentlik davrida ham yoqtirgan, biroq undan teng huquqli muloqot uchun hozircha hech qanday signallar bo‘lmagan, Moskva esa bunga tayyor.