O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinadi

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanV Angrene nachalis taktiko-spetsialnie ucheniya s uchastiyem voyennix Uzbekistana i Kazaxstana.
V Angrene nachalis taktiko-spetsialnie ucheniya s uchastiyem voyennix Uzbekistana i Kazaxstana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2025
Obuna bo‘lish
Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinadi. Qaror (PQ-21-son, 23.01.2025 y.) bilan prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar berdi Huquqiy axborot Telegram kanali.
Unga ko‘ra, prezidentning ayrim qarorlariga harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan fuqaro “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
Mazkur cheklovlarga rozi bo‘lgan hamda vazirlikning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi.
Shuningdek, davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
Bojxona organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin emasligi belgilandi.
Bundan tashqari, fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunda va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar hamda maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
Mazkur cheklovlar bilan kontrakt tuzishga rozi bo‘lgan hamda vazirliklarning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
Voyennaya mosh Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2025
O‘zbekiston armiyasi raqamlarda
Yangiliklar lentasi
0