O‘zbekistonda baliqchilik sohasi mutaxassislari qayerda va qanday tayyorlanadi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali nafaqat soha uchun kadrlar tayyorlaydi, balki bu borada ilmiy ishlar olib boradi.
O‘tgan yili Astraxan davlat texnika universiteti (ADTU) filiali o‘zining ilk bakalavrlarini – 193 nafar yosh mutaxassislarni chiqardi. O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, ularning 90 foizi magistraturaga o‘qishga kirgan yoki ishlamoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ular orasida “Eco-Geo-Construction” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Konstantin Txay ham bor. U talabalik yillarini iliqlik bilan eslaydi, universitet unga yaxshi bilim va foydali ko‘nikmalarni taqdim etganini ta’kidlaydi. Mavjuda Muhammadiyeva esa O‘rta Osiyo universitetida ekologiya va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Green University magistraturasida o‘qishni davom ettirishga qaror qilgan. Universitetda bunday muvaffaqiyatlar ko‘p.
2020 yilda O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida ochilgan ADTU filialida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:
suv bioresurslari va akvakultura;
ekologiya va tabiatdan foydalanish;
hayvonlar oziq-ovqat mahsulotlari;
iqtisodiyot.
Hozir bu yerda 1000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Magistraturaning to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha litsenziyalash jarayoni davom etmoqda.
Asosiy ta’lim Rossiya o‘quv rejalari va ta’lim dasturlariga muvofiq olib boriladi, ayrim fanlar bundan mustasno. Bitiruvchilarga asosiy ta’lim muassasasining O‘zbekistonda tan olingan diplomi beriladi.
“2022 yildan boshlab filialda ta’lim dasturlarini amalga oshirish asosiy oliy o‘quv yurti va uning filiali – Dmitrov baliqchilik texnologiya instituti ilmiy-pedagogik xodimlarini onlayn va oflayn formatlarda jalb etgan holda amalga oshirilmoqda, bu esa ta’lim sifatining yuqori darajasini kafolatlaydi", – deydi ADTU filiali direktori Mariya Sibizova.
Filialda o‘qitiladigan ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda rus tilini turli darajada biladigan talabalar uchun qulaylikni oshirish maqsadida o‘quv dasturlariga “Rus tili va nutq madaniyati”, “Kasbiy faoliyatda rus tili” kabi fanlar kiritilgan.
Kadrlar tayyorlashda filialga hamkorlik shartnomalari imzolangan 30 dan ortiq ixtisoslashgan korxonalar yordam beradi. Bu yerda talabalar o‘quv, tanishuv va texnologik amaliyotlardan o‘tadilar, o‘qituvchilar esa ular negizida ilmiy izlanishlar olib boradilar.
“Shu bois talabalarimizda ishga joylashish borasida kamdan-kam savollar tug‘iladi. Amaliyot paytida ish beruvchilar ular bilan kelajakdagi ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar tuzadilar", – deydi filial ijrochi direktori Abdullajon Hamroqulov.
Universitetning yana bir muhim vazifasi – baliqchilik sohasida ilmiy salohiyatni oshirish. Bu ishlarni o‘qituvchilar S. Kim, B. Kamilov, S. Nasriddinov, S.Do‘smuratova va G. Tursinbayeva olib bormoqdalar.
“Talaba va o‘qituvchilarimiz bosh universitetda amaliyot va malaka oshirish kurslarini o‘tadilar, turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashmoqda”, – deya qo‘shimcha qiladi Hamroqulov.
“Talabalarimiz juda faol. Ular yaxshi o‘qiydi, rivojlanadi, madaniy tadbirlarda qatnashadi, sport bilan shug‘ullanadi. Leyla Xayrullayeva, Ismoil Mirhaydarov va Mehrangiz Shomurotova davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi”, – deydi “Umumiy ekologiya va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi Tatyana Dubovik.
Filialda kadrlarni qayta tayyorlash, bosh universitet bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, talabalar almashinuvi, shuningdek, 2026-yilda Rossiya Federatsiyasida boshlanadigan yangi ta’lim modelini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0