Madaniyat vazirligining yangi vakolatlari: jonli ijro san’ati rivojlantiriladi
10:29 25.01.2025 (yangilandi: 10:42 25.01.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKonsert na seremonii pozdravleniya jenshin s 8-marta

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, yangi normalarning amaliyotga joriy etilishi musiqa sohasi yanada rivojlanishiga, yangi iste’dodlar kashf etilishiga, o‘zining haqiqiy jonli ovozi bo‘lgan xonandalar va sozandalar faoliyati keng rag‘batlantirilishiga xizmat qiladi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Madaniyat vazirligining jonli ijro san’atini rivojlantirish, san’atkor, ijodkor hamda ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator vakolatlari belgilanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qizg‘in muhokama qilindi.
© Senat Oliy MajlisaNovie polnomochiya Ministerstva kulturi slujat razvitiyu iskusstva jivogo ispolneniya

Novie polnomochiya Ministerstva kulturi slujat razvitiyu iskusstva jivogo ispolneniya
© Senat Oliy Majlisa
Mazkur qonun bilan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, davlat madaniy konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda jonli ijro yoki fonogrammadan foydalanish darajasini hamda usullarini belgilash, ijrochilar tomonidan fonogramma va mualliflik asarlaridan foydalanishda amaldagi qonunchilikka rioya etishlarini monitoring qilish hamda milliy san’at va madaniyat nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaNovie polnomochiya Ministerstva kulturi slujat razvitiyu iskusstva jivogo ispolneniya

Novie polnomochiya Ministerstva kulturi slujat razvitiyu iskusstva jivogo ispolneniya
© Senat Oliy Majlisa
Ta’kidlanishicha, yangi normalarning amaliyotga joriy etilishi musiqa sohasi yanada rivojlanishiga, yangi iste’dodlar kashf etilishiga, o‘zining haqiqiy jonli ovozi bo‘lgan xonandalar va sozandalar faoliyati keng rag‘batlantirilishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, qonun bilan konsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochilar va asar mualliflari ko‘rsatilishi shart ekanligi hamda konsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi to‘g‘risidagi axborot umumiy reklama maydonining kamida o‘n foizini tashkil etishi to‘g‘risidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaNovie polnomochiya Ministerstva kulturi slujat razvitiyu iskusstva jivogo ispolneniya

Novie polnomochiya Ministerstva kulturi slujat razvitiyu iskusstva jivogo ispolneniya
© Senat Oliy Majlisa
“Bu tomoshabinlarning o‘z tanlovini ongli ravishda qabul qilishiga yordam beradi. Qaysi xonanda aytapti, kim musiqasini yozgan, qanchalik jonli, qanchalik fonogramma – hammasi aniq va shaffof bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
Ushbu qonunning qabul qilinishi konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga, jonli ijro san’atini rivojlantirishga, iste’molchilar huquqlarini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.