Belarus prezidenti saylovi: O‘zbekiston MSK jarayonlar kuzatuvini boshladi
12:46 24.01.2025 (yangilandi: 12:52 24.01.2025)
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiyaO vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi

© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Obuna bo‘lish
Minsk shahrida Zayniddin Nizamxodjayev va Belarus MSK raisi Igor Karpenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Belarus prezidenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari kuzatuvini boshladi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha Minsk shahrida Zayniddin Nizamxodjayev va Belarus MSK raisi Igor Karpenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Nizamxodjayev mamlakatning kelajagini belgilab beradigan muhim siyosiy tadbirda ishtirok etish uchun taklif qilgani uchun Karpenkoga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiyaO vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi

O vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Uchrashuv ishtirokchilari saylov sohasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasiga alohida e’tibor qaratdi.
“Umumiy maqsad va tamoyillarimizni hisobga olgan holda o‘tgan yili hamkorligimizni rasmiylashtirib, O‘zbekiston va Belarus MSKlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokolni imzoladik. Bu bizning sheriklik munosabatlarimizni yangi darajaga olib chiqdi”, – dedi Nizamxodjayev.
Belarus MSK raisi O‘zbekiston delegatsiyasini prezidentlik saylovlarini xalqaro kuzatishda ishtirok etayotgani bilan qutladi, mamlakat siyosiy hayotidagi muhim voqeaga bo‘lgan bunday e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiyaO vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi

O vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
Karpenko saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Belarus prezidenti saylovini kuzatish uchun 474 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiya qilingani aytildi.
Karpenko, shuningdek, saylovni kuzatish bo‘yicha Jamoatchilik kuzatuv markazi faoliyati boshlangani haqida ma’lumot berdi. Ushbu markaz saylov jarayonini kuzatish uchun mamlakatning yirik jamoatchilik birlashmalari va siyosiy partiyalari vakillarini birlashtirgan. Mamlakatdagi saylov jarayonini jami 44 361 nafar mahalliy kuzatuvchi nazorat qilmoqda.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiyaO vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi

O vstreche predsedateley Sentralnix izbiratelnix komissiy Uzbekistana i Belarusi
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya
U 21-yanvardan 25-yanvarga qadar mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan muddatidan oldin ovoz berish jarayoniga to‘xtalib o‘tib, muddatidan oldin ovoz berish fuqarolarning saylov jarayonidagi faolligini namoyon etishini alohida qayd etib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Belarus prezidenti saylovi 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.