Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

© UFATimur Kapadze naznachen glavnim trenerom sbornoy Uzbekistana
Timur Kapadze naznachen glavnim trenerom sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, assotsiatsiya milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlarni o‘rganib chiqdi va tahlil qildi. Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shu bilan birga, murabbiylar kengashi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil ko‘rib chiqildi.
“Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o‘yinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish bo‘lgan, uzoq yillar davomida milliy terma jamoa safida to‘p surgan hamda bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze nomzodi ilgari surildi. Hozirgi yuzaga kelgan holatda O‘FA aynan Kapadzening murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqeyi, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intilish kabi jihatlari orqali muhim uchrashuvlarda ijobiy natija ko‘rsatishiga ishonadi”, - deyiladi xabarda.
Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda yig‘in o‘tkazmoqda. Timur Kapadze ushbu yig‘inga qo‘shilib, jamoa boshqaruvini qo‘lga oladi.
Ma’lumot uchun, Srechko Katanes futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. U salomatligidagi muammolar tufayli shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.
Timur Kapadze - Farg‘ona shevasida gapiruvchi murabbiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Timur Kapadze - Farg‘ona shevasida so‘zlovchi murabbiy
Yangiliklar lentasi
0