MDH davlat rahbarlari qachon uchrashishi aytildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zavershil svoy rabochiy vizit v Rossiyu dlya uchastiya v neformalnom sammite SNG i otbil v Tashkent.

Obuna bo‘lish
2025 yil MDHda juda yuqori ishbilarmonlik faolligi davri bo‘lishi aytildi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Shu yilning 10-oktabr kuni Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari bo‘limi boshlig‘i Ahmad Saidmurodzoda ma’lum qildi.
Saidmurodzodaning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, 2025-yil MDHda juda yuqori ishbilarmonlik faolligi davri bo‘ladi.
“Tojikistonning MDHga raisligining keng qamrovli konsepsiyasi va 113 ta tadbirni o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi tasdiqlandi. O‘ylaymizki, yubiley – G‘alaba yili – 2025-yil MDHda juda yuqori ishbilarmonlik faolligi davri bo‘ladi. Bu Tojikiston raisligining maqsadlaridan biridir”, — dedi u.
Tojikistonning MDHga raisligi davomida quyidagilar rejalashtirilmoqda:
Siyosiy yo‘nalishda sentabr oyida BMT bilan birgalikda bir qator qo‘shma tadbirlar boshlanadi.
Bundan tashqari, ShHT bilan umumiy hamkorlik nuqtalarini yaqinlashtirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Minskda MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida ShHT bilan qo‘shma tadbir o‘tkaziladi.
Iqtisodiy kun tartibida MDHda allaqachon qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, bu boradagi sa’y-harakatlar MDHni 2030-yilgacha iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, sanoat sohasida hamkorlikka, jumladan, og‘ir mashinasozlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.
Iyun oyida Dushanbe shahrida MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida yirik xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ekologik masalalarga ham e’tibor qaratiladi. Xususan, may oyida Dushanbeda muzliklarni himoya qilish bo‘yicha global konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, ushbu mavzu bo‘yicha Hamdo‘stlik davlat rahbarlarining bayonoti tayyorlanmoqda.
Raislik chog‘ida gumanitar masalalarga e’tibor qaratiladi, masalan, Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
G‘alabaning 80-yilligini nishonlash mavzusiga alohida e’tibor qaratiladi.
10 oktabr kuni Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
5 iyun kuni esa MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.
MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi 11-aprel kuni Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, hozir kun tartibiga 13 ta masala kiritilgan.
“16 ta hujjat ko‘rib chiqiladi. Hujjatlar an’anaviy tarzda MDH mamlakatlari xavfsizligini mustahkamlashga bag‘ishlangan. Chegara idoralari va mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari mavjud. Bundan tashqari, kun tartibiga to‘rtta gumanitar masala kiritilgan: MDH kinofestivalini tashkil etish va ko‘ngillilar harakati.
Uning qayd etishicha, MDH davlatlarining to‘rtta asosiy tashkiloti tashkil etilishi kutilmoqda. Biri mudofaa sohasidagi hamkorlik va uchtasi ta’lim sohasida.