Los-Anjeles okrugida yangi o‘rmon yong‘inlari boshlandi

© AP Photo / Marcio Jose SanchezV okruge Los-Andjeles nachalsya noviy lesnoy pojar
V okruge Los-Andjeles nachalsya noviy lesnoy pojar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘rmon yong‘ini tufayli 31 mingga yaqin kishi majburiy evakuatsiya haqida xabar oldi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. AQShning Los-Anjeles okrugida 20 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallagan yangi yong‘in boshlandi, deb xabar berdi Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamenti o‘z saytida.
“Nomi: “Xyuz” yong‘ini. Joy: Leyk-Xyuz trassasi, Kastaik ko‘li yaqinida <...>. Boshlanish sanasi: 2025-yil 22-yanvar <...>. Hajmi: 5054 akr (taxminan 20,5 kvadrat kilometr)”, - deyiladi xabarda.
O‘rmon yong‘ini tufayli 31 mingga yaqin kishi majburiy evakuatsiya haqida xabar oldi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 9200 akr (37 kvadrat kilometr)ga yetgan.
7 yanvar kuni Los-Anjeles okrugida boshlangan o‘rmon yong‘inlari shtat tarixidagi eng yirik yong‘inlar hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlarning umumiy maydoni 16 ming gektardan oshgan. Kamida 25 kishi halok bo‘lgan. Meteorologlarning fikricha, quruq va shamolli ob-havo yong‘inning tez tarqalishiga yordam bergan.
Lesnie pojari v Kalifornii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2025
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari: "Dahshati hali oldinda"
Yangiliklar lentasi
0