Xitoyda Samarqandga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi
11:45 18.01.2025 (yangilandi: 11:50 18.01.2025)
© Sputnik / Baxrom XatamovTurizm v Uzbekistane

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyalari Samarqand viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga hamda hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga chaqirildi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Xitoyning Tanszin shahrida Samarqand viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga amaliy safari doirasida O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Tanszin shahrida viloyatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan forum tashkil etildi.
Unda Xitoyning 500 dan ziyod vazirlik va idoralari, savdo-sanoat uyushmalari, yirik ishlab chiqarish va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilganlar Samarqand viloyatida turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar jarayoni bilan tanishdilar. Viloyatning savdo-iqtisodiy jihatdan jozibadorligi, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va afzalliklar hamda sayyohlik salohiyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.
© IA "Dunyo"V kitayskom gorode Tanszine proshla prezentatsiya potensiala Samarkandskoy oblasti

V kitayskom gorode Tanszine proshla prezentatsiya potensiala Samarkandskoy oblasti
© IA "Dunyo"
Xitoy kompaniyalari Samarqand viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga hamda hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga chaqirildi. Tadbir davomida Samarqand viloyatining savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm salohiyatini namoyish etuvchi videoroliklar namoyish etildi.
Xitoy ishbilarmonlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat mas’ullaridan batafsil javob oldilar. Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston va Xitoy biznes vakillari o‘rtasida B2B va G2B shaklida muzokaralar o‘tkazildi. Ularda turli sohalardagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. O‘zaro manfaatli bo‘lgan qator hujjatlar imzolandi.
Samarqand viloyati delegatsiyasi safar davomida Xitoyning bir qator provinsiya va shaharlarida iqtisodiy tadbirlar, taqdimotlar va uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
“Bugun Tanszin va Samarqand o‘rtasida madaniyat, turizm va savdoni rivojlantirish tadbirini yuqori darajada o‘tkazdik. Tadbirga 500 dan ziyod ishtirokchilarning kelgani xitoyliklarning mamlakatingiz bilan aloqalarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini ko‘rsatadi. Uyushmamiz a’zolari bo‘lgan kompaniyalar O‘zbekistondagi ko‘plab loyihalarga investitsiya kiritmoqda. Kelgusida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi biznes va madaniy almashinuvlar yanada kuchayib borishiga ishonaman”, - dedi Tanszin Tashqi savdo federatsiyasi prezidenti Lin Chin.