Samarqandning ekologik bosh rejasi tasdiqlandi — shaharni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

© Sputnik / Aktan TemirkanovSobornaya mechet Bibi-Xanim musulmanskoe kultovoe soorujenie v Samarkande
Sobornaya mechet Bibi-Xanim musulmanskoe kultovoe soorujenie v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2025
Obuna bo‘lish
Samarqanddagi yashil maydonlarning ulushi har 100 ming aholiga 21,4 foizni tashkil etadi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Samarqand shahrining ekologik bosh rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Samarqandda shaharni barqaror rivojlantirishga qaratilgan ekologik "master-reja" tasdiqlandi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi qarori qabul qilindi. Ushbu strategik reja atrof-muhitni boshqarishni takomillashtirish, qulay shahar muhitini yaratish va mintaqaning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini kuchaytirishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
Ekologik "master-reja" Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqlim o‘zgarishi milliy markazi va Samarqand shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Reja 2024-yil iyul oyida taqdim etilgan Iqlim o‘zgarishi milliy markazining “Green Cities” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

“Bu loyiha shunchaki tashabbus emas, balki mustaqil, yirik loyiha bo‘lib, shaharlarning ekologik barqarorligining yillik reytingi, ekologik "master-reja"larni ishlab chiqish va ularni mamlakatimiz hududlarida bosqichma bosqich amalga oshirishni o‘z ichiga oladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Aytilishicha, "master-reja"larni amalga oshirish natijalari Vazirlar Mahkamasiga kiritilib, reyting va ish natijalariga ko‘ra hududiy rahbarlarni rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.
“So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, samarqandliklarning 60 foizi atrof-muhit haqida qayg‘uradi, 37 foizi havoning ifloslanishi, 13 foizi suv tanqisligi, 8 foizi esa chiqindilar bilan bog‘liq muammolarga asosiy muammolar sifatida qaraydi. Shahar aholisi yashil hududlarni kengaytirish (23%) va chiqindilarni boshqarishni yaxshilash (22%)ni eng ustuvor chora-tadbirlar deb hisoblaydi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Samarqanddagi yashil maydonlarning ulushi har 100 ming aholiga 21,4 foizni tashkil etadi.
"Master-reja"da quyidagilar nazarda tutilgan:
"Master-reja"ga yangi bog‘lar yaratish va qurg‘oqchilikka chidamli daraxt ekish loyihalari kiritilgan:
havo sifatini yaxshilash uchun jamoat transportini modernizatsiya qilish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va sanoat obyektlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan;
shaharda har yili 219 ming tonna chiqindi hosil bo‘ladi, umumiy hajmning 1% dan kamrog‘i qayta ishlanadi. "Master-reja" doirasida yangi ekologik chiqindi poligoni yaratilib, chiqindilarni ajratish tizimi joriy etiladi;
shahar suv ta’minoti tizimida suv yo‘qotishlari 24 foizni tashkil etadi. Ularni qisqartirish uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish, suvni tozalash tizimlarini takomillashtirish va qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sentabr oyida xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi qarori bilan Buxoroda ham shunday bosh reja tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0