Farg‘ona aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga yangi yoritish moslamalari o‘rnatildi
© Sayt aviakompanii Uzbekistan AirwaysAeroport goroda Fergani

Obuna bo‘lish
Farg‘ona aeroportida muddati o‘tgan va talablarga javob bermaydigan yoritish moslamalari yangisiga almashtirildi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi yoritish-signal moslamalari o‘rnatildi, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports”.
Qayd etilishicha, kompaniya Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Farg‘ona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga yangi yoritish moslamalarini o‘rnatish loyihasini amalga oshirdi.
© uzbairports.uzV aeroportu Fergani ustanovili novie osvetitelnie i signalnie ustroystva

V aeroportu Fergani ustanovili novie osvetitelnie i signalnie ustroystva
© uzbairports.uz
Bugungi kunga qadar CAT-1 tipidagi (ICAO) yangi uskunalarni ishga tushirish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi va parvoz sinovi o‘tkazildi.
"Ilgari aerodromda 1984-yilda ishlab chiqarilgan texnik va ma’naviy holati bo‘yicha eskirgan, foydalanish muddati 3-martadan o‘tib bo‘lgan va O‘zbekiston va ICAO aviatsiya qoidalari talablariga javob bermaydigan past intensivlikdagi “Luch-4u” yoritish moslamalari o‘rnatilgan edi. Qo‘nish faqat bitta yo‘nalishdan amalga oshirilgan, chiroqlarning yoritilishi esa qoniqarli darajada bo‘lmagan”, — dedi “Uzbekistan Airports” parvozlarni aerodrom-texnik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Rahmatullayev.
© uzbairports.uzV aeroportu Fergani ustanovili novie osvetitelnie i signalnie ustroystva

V aeroportu Fergani ustanovili novie osvetitelnie i signalnie ustroystva
© uzbairports.uz
Aytilishicha, mazkur aeroport O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda foydalanilganligi uchun aerodromda zamonaviy jihozlarni o‘rnatish bo‘yicha o‘zaro qaror qabul qilindi.
© uzbairports.uzV aeroportu Fergani ustanovili novie osvetitelnie i signalnie ustroystva

V aeroportu Fergani ustanovili novie osvetitelnie i signalnie ustroystva
© uzbairports.uz
Yangi yoritish tizimi ICAO CAT-I birinchi toifasi bo‘yicha kunduzi va tunda, qiyin ob-havo sharoitida uchish-qo‘nish yo‘lagini ko‘rish imkoniyatlarini 750x60 m bo‘lgan holda har ikkala kursdan aniq qo‘nishini ta’minlash imkonini beradi.