Putin ishtirokidagi yig‘ilish: Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi qanday o‘tadi?
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin provel zasedanie Rossiyskogo organizatsionnogo komiteta "Pobeda"
© POOL
/ Obuna bo‘lish
Andrey Belousov: G‘alaba paradiga do‘st mamlakatlardan harbiy qismlar taklif etildi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning butun Rossiya uchun ahamiyati juda katta va G‘alabaning 80-yilligi nishonlanadigan joriy yil muhim ahamiyatga ega, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Rossiyaning “G‘alaba” (Pobeda) tashkiliy qo‘mitasining bugungi yig‘ilishi mamlakatimiz uchun juda muhim, ahamiyatli yilni ochadi. May oyida biz Buyuk G‘alabaning 80-yilligini nishonlaymiz. Uning Rossiya taqdirida, butun xalqimizning xarakteri va qadriyatlarida ahamiyati juda katta. Ulug‘ Vatan urushi voqealari va natsizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaning so‘nmas xotirasi belgisi sifatida, avlodlar uzluksizligi ramzi sifatida 2025-yil Rossiyada Vatan himoyachilari yili deb e’lon qilindi” – dedi Putin “G‘alaba” tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligining Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining barchasiga faxriy fuqaro unvonini berish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.
“Mudofaa vazirligining barcha frontdagi askarlarimizga, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga viloyat, shahar yoki shaharning faxriy fuqarosi unvonini berish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman Ammo, takror aytaman, qo‘lida qurol bilan jang qilgan har bir faxriy bunga loyiq”, — dedi Putin.
2025 yil 9-may kuni Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi nishonlanadi.
G‘alabaning 80-yilligi sharafiga Moskva va boshqa sakkizta qahramon shaharda, shuningdek, harbiy okruglar, flotlar, qo‘shma qurolli qo‘shinlar va Kaspiy flotiliyasining shtab-kvartiralari joylashgan 19 shaharda paradlar o‘tkaziladi.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov qayd etishicha, Moskvadagi G‘alaba paradiga 19 do‘st davlatning harbiy bo‘linmalari taklif etilgan, ulardan 10 nafari ishtirokini tasdiqlagan.
“Qizil maydondagi paradda qatnashish uchun 19 ta do‘st davlatning harbiy bo‘linmalari taklif qilingan, ulardan 10 tasi, jumladan, sobiq Sovet Ittifoqining yetti davlati ishtirok etishini tasdiqlagan”, — dedi vazir.
Belousov, shuningdek, 370 ta aholi punktida qo‘shinlar ishtirokida tantanali tadbirlar o‘tkazilishini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibi zimmasiga yuklangan ulkan mas’uliyatni yaxshi tushunadi.
“Ushbu muhim sanani nishonlashda ishtirok etish har birimiz uchun katta sharafdir. Bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz” — dedi Mudofaa vaziri.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, G‘alabaning 80-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar mazmunli va aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan bo‘lishi kerak.