Sun’iy intellekt, quruq portlar barpo etish: O‘zbekiston BAA bilan yangi loyihalar boshlaydi
09:22 15.01.2025 (yangilandi: 10:24 15.01.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s ministrom iskusstvennogo intellekta Obyedinennix Arabskix Emiratov Omarom bin Sultanom al-Olama.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAA bilan sun’iy intellekt sohasidagi sheriklikni rivojlantirishni taklif etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari sun’iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashdi. Unda “Presight” kompaniyasi rahbari Tomas Pramotedam, “AIQ” kompaniyasi rahbari Magjan Kenesbay va “Khazna” kompaniyasi rahbari Hasan al-Naqbi, Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti prezidenti Erik Sing ham ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s ministrom iskusstvennogo intellekta Obyedinennix Arabskix Emiratov Omarom bin Sultanom al-Olama.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s ministrom iskusstvennogo intellekta Obyedinennix Arabskix Emiratov Omarom bin Sultanom al-Olama.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mazkur kompaniyalari katta ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Muhammad bin Zoid universiteti sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Uchrashuvda Amirlik kompaniyalari bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish va ularni turli sohalarga muvaffaqiyatli joriy etishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
“Generativ sun’iy intellektni ishlab chiqish, shu jumladan energetika sohasida "katta til modellari"ni qo‘llash, Toshkentda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti bilan almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident talabalarni o‘qitish dasturini ishga tushirib, bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishni taklif etdi. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini birgalikda ishga tushirish, texnologik klasterlar tashkil etish va kontaktsiz to‘lov operatsiyalari uchun innovatsion yechimlarni joriy etish rejalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s delegatsiyey vedushix kompaniy Obyedinennix Arabskix Emiratov vo glave s ministrom investitsiy OAE, glavnim ispolnitelnim direktorom xoldinga ADQ Muxammadom Xasanom al-Suvaydi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s delegatsiyey vedushix kompaniy Obyedinennix Arabskix Emiratov vo glave s ministrom investitsiy OAE, glavnim ispolnitelnim direktorom xoldinga ADQ Muxammadom Xasanom al-Suvaydi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston yetakchisi, shuningdek BAA investitsiyalar vaziri, "ADQ" xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “AD Ports Group” kompaniyasi rahbari Muhammad Juma al-Shamisiy, “Tadweer” rahbari Ali al-Daheriy, “Plenary Group” rahbari Mustafo Faxur va “DUCAB” rahbari Muhammad al-Kurashiy ishtirok etdi.
Ushbu kompaniyalar o‘z sohalarida jahon yetakchilaridan biri bo‘lib, ularning jami aktivlari 200 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.
Yuqori texnologik tarmoqlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya portfelini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. BAA bilan iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Investitsiyalarni ilgari surish, sanoat va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Har bir kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar belgilandi. Infratuzilmani rivojlantirish, shaharsozlik, energetika, transport va logistika, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, kommunal xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar haqida so‘z yuritildi.
“Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, nodir metall konlarini o‘zlashtirish, mintaqaviy temir yo‘llarni rivojlantirish va "quruq" portlar barpo etish, kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish, ta’lim va tibbiyot sohalarida DXSh loyihalarini ilgari surish yuzasidan kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana obsudil voprosi realizatsii krupnix energeticheskix proyektov s OAE
Prezident Uzbekistana obsudil voprosi realizatsii krupnix energeticheskix proyektov s OAE
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, “TAQA” rahbari Jasim Husayn Tabet, “TAQA Water Solutions” rahbari Ahmad al-Shamsiy va “Etihad Water & Electricity” rahbari Yusuf al-Ali ham ishtirok etdi. Mazkur kompaniyalar energiya va suv ta’minoti, tozalash tizimlarini boshqarish sohasida jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchi va operatorlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda "yashil" energetika, kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari energetika sohasidagi strategik sheriklik ikki tomonlama hamkorlikning lokomotivi bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi. Bu borada umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik 5 ta loyiha birgalikda ishga tushirildi. Dekabr oyida Navoiy viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi, yana bir qator obyektlar qurilishi faol bosqichga kirgan.
“O‘zbekiston Prezidenti kompaniyalarning mamlakatimiz hududlarida mavjud issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarini kengaytirish, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi GESlar, elektr energiyasini saqlash tizimlari, yirik quyosh va shamol stansiyalari qurilishini jadallashtirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida suv ta’minoti tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tozalash inshootlarini barpo etish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana provel vstrechu s glavami kompaniy AMEA Power, M42 i IFFCO
Prezident Uzbekistana provel vstrechu s glavami kompaniy AMEA Power, M42 i IFFCO
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston prezidenti Abu-Dabiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “AMEA Power” kompaniyasi rahbari Husayn al-Novays, “M42” kompaniyasi rahbari Hasan Jasim al-Novays va “IFFCO Group” kompaniyasi rahbari Sheroz Allanni qabul qildi.
Unda energetika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat sanoatida qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda BAA kompaniyalari bilan innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
"AMEA Power" kompaniyasi bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shamol elektr stansiyalari, energiya saqlash tizimlarini qurish, neft-kimyo sohasida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, “M42” kompaniyasi bilan genomika sohasida, "IFFCO Group" bilan esa oziq-ovqat sanoati va maishiy kimyo uchun ingrediyentlar ishlab chiqarishda o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun, “AMEA Power” - qayta tiklanuvchi energiya sohasida tez sur’atda rivojlanayotgan kompaniya. 20 ta mamlakatda umumiy quvvati 6 gigavattdan ortiq bo‘lgan loyihalar portfeliga ega. “M42” innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. “IFFCO Group” oziq-ovqat sohasida 100 tadan ortiq brendni boshqaradi.