O‘zbekiston va BAA o‘rtasida iqtisodiy sheriklikning yangi davri boshlandi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i prezident Obyedinennix Arabskix Emiratov Sheyx Muxammad Al Naxayan proveli peregovori v uzkom sostave i s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
Shavkat Mirziyoyev i prezident Obyedinennix Arabskix Emiratov Sheyx Muxammad Al Naxayan proveli peregovori v uzkom sostave i s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2025
Obuna bo‘lish
Yetakchilar iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini belgilab olishdi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib olishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Abu-Dabidagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BAA prezidenti shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazishdi.
1/9
Yetakchilar iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini, jumladan sun’iy intellekt, raqamlashtirish, "yashil" energetika, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi 6 ta asosiy yo‘nalishni belgilab olishdi.
Har bir ustuvor soha bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tashkil etishga kelishildi.
“Tomonlar 2025-2027 yillarni "O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri" deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatlashdi”, — deyilgan xabarda.
Shu ma’noda, 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga ko‘paytirish va investitsiya portfelini 50 milliard dollarga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.
O‘zbekiston ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va BAA kompaniyalarining yurtimizdagi investitsiyaviy faoliyatini kengaytirishdan manfaatdorligi qayd etildi.
Madaniy-gumanitar almashinuv ko‘lamini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Davlatimiz rahbari Muhammad bin Zoid nomidagi universitet bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirishni taklif etdi”, — deyiladi xabarda.

Muzokaralar davomida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan, joriy yilda Samarqandda o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s ministrom iskusstvennogo intellekta Obyedinennix Arabskix Emiratov Omarom bin Sultanom al-Olama. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2025
Sun’iy intellekt, quruq portlar barpo etish: O‘zbekiston BAA bilan yangi loyihalar boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0