https://oz.sputniknews.uz/20250114/ozbekiston-aerotaksi-47537007.html
O‘zbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi
O‘zbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston BAAning nufuzli kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik qiladi. 14.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-14T11:00+0500
2025-01-14T11:00+0500
2025-01-14T11:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
baa
transport
transport vazirligi
aeroport
taksi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0e/47537123_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_f7e7ea450b1c3643d6042a460b4628b2.jpg.webp
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrifi doirasida Transport vazirligi va BAAning nufuzli "Jetex" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. Qayd etilishicha, transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda "Jetex" kompaniyasi ta’sischisi Adel Mardini bilan imzolangan ushbu memorandum O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Xususan, "Jetex" kompaniyasi “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshiradi. Aytilishicha, bunday hamkorlik asosida O‘zbekistonda biznes aviatsiya sohasida ikki yuzdan ko‘proq yuqori malakali ish o‘rinlari yaratiladi. Ma’lumot uchun, "Jetex" kompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoqni tashkil etgan. Butun dunyo bo‘ylab 50 tadan ortiq nuqtalarda, jumladan, Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada 24 soat mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilotdir. Havo taksisi - havo transportida ma’lum bir haq (soliq) evaziga yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan jamoat transporti vositasi.
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0e/47537123_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f3032f5aeeba68bd99881956ca3890bb.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, baa, transport, transport vazirligi, aeroport, taksi
jamiyat, o‘zbekiston, baa, transport, transport vazirligi, aeroport, taksi
O‘zbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi
O‘zbekiston BAAning nufuzli kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrifi doirasida Transport vazirligi va BAAning nufuzli "Jetex" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda "Jetex" kompaniyasi ta’sischisi Adel Mardini bilan imzolangan ushbu memorandum O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
Xususan, "Jetex" kompaniyasi “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshiradi.
“Ushbu loyiha doirasida kichik aviatsiya sohasida ta’mirlash, sotish va saqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etiladi. Bu esa o‘z navbatida turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda VIP mijozlar uchun qulaylik yaratadi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bunday hamkorlik asosida O‘zbekistonda biznes aviatsiya sohasida ikki yuzdan ko‘proq yuqori malakali ish o‘rinlari yaratiladi.
“Jetex" kompaniyasining ilg‘or tajribasiga tayangan holda mamlakatimizda biznes aviatsiyasini ishonchli va barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, "Jetex" kompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoqni tashkil etgan. Butun dunyo bo‘ylab 50 tadan ortiq nuqtalarda, jumladan, Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada 24 soat mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilotdir.
Havo taksisi - havo transportida ma’lum bir haq (soliq) evaziga yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan jamoat transporti vositasi.