O‘zbekiston-Eron turizm bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tashkil etishi mumkin

Mechet Djami v iranskom Isfaxane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron turizm va YuNESKO doirasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston-Eron turizm bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tashkil etishi mumkin, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Seyid Rizo Solihiy Amiriy bilan uchrashdi. Unda keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Eron prezidenti O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Uchrashuvda turizm bo‘yicha O‘zbekiston-Eron qo‘shma qo‘mitasini tashkil etish va YuNESKO doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Eron tomoni O‘zbekiston turizm sohasi vakillarini joriy yilning 11-14 fevral kunlari Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 18-Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0