Vashingtonning dushmanona harakatlari javobsiz qolmaydi — Rossiya TIV
© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Rossiya Federatsiyasiga qarshi so‘nggi sanksiyalari munosabati bilan bayonot e’lon qildi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Vashingtonning dushmanona harakatlari javobsiz qolmaydi va tashqi iqtisodiy strategiyani ishlab chiqishda hisobga olinadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Rossiya Federatsiyasiga qarshi so‘nggi sanksiyalari munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida ma’lum qilindi.
10 yanvar kuni AQSh rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar keskin kuchaytirilishini e’lon qildi.
“AQShning amaldagi ma’muriyatining butun mahalliy energetika sektoriga va bir qator yirik kompaniyalarga nisbatan yangi cheklov choralarini, shu jumladan ularning boshqaruviga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligining mansabdor shaxslariga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi qarori prezident J. Baydenning hokimiyatdagi shafqatsiz muddati tugashi arafasida jahon bozorlarini beqarorlashtirish xavfi evaziga ham Rossiya iqtisodiyotiga hech bo‘lmaganda qandaydir zarar yetkazishga urinishdir”, — deyiladi xabarda.
Bayonotda qayd etilishicha, Moskva nafaqat tashqi bosimga dosh berdi, balki rivojlanishda davom etmoqda. AQSh esa o‘z harakatlari bilan Amerika biznesiga ham zarar yetkazmoqda.
Bunda AQShning Yevropadagi ittifoqchilarining ham, ayni paytda Kaliforniyadagi yirik yong‘inlar oqibatlaridan aziyat chekayotgan o‘z aholisining manfaatlari ham qurbon qilinmoqda, deyilgan xabarda.
“Albatta, Vashingtonning dushmanona harakatlari javobsiz qolmaydi va tashqi iqtisodiy strategiyamizni ishlab chiqishda hisobga olinadi. Uchinchi mamlakatlarda neft va gaz qazib olish, shuningdek, import o‘rnini bosish, neft konlari xizmatlarini ko‘rsatish va atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha yirik mahalliy loyihalarni amalga oshirish davom ettiriladi”, — deya vayd etilgan bayonotda.
Aytilishicha, Oq uydagi konvulsiyalar va jahon energetika sanoatini Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi boshlagan "gibrid urush"ga tortishga urinayotgan G‘arbdagi rusofob lobbi hiylalariga qaramay, mamlakat jahon yoqilg‘i bozorida asosiy va ishonchli o‘yinchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.