O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi

© Komitet po delam religiy Respubliki UzbekistanUzbekskaya delegatsiya vstretilas s predstavitelyami Ministerstva xadja i umri
Uzbekskaya delegatsiya vstretilas s predstavitelyami Ministerstva xadja i umri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2025
Obuna bo‘lish
Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi haj vaziri bilan ziyoratchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.
© Komitet po delam religiy Respubliki UzbekistanUzbekskaya delegatsiya vstretilas s predstavitelyami Ministerstva xadja i umri
Uzbekskaya delegatsiya vstretilas s predstavitelyami Ministerstva xadja i umri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2025
Uzbekskaya delegatsiya vstretilas s predstavitelyami Ministerstva xadja i umri
Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada tashkil etish muhokama qilindi.
“Tavfiq bin Favzon ar-Rabia so‘zining davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni e’tirof etish barobarida zaminimizdan nafaqat islom ulamolari, balki dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi buyuk mutafakkirlar, ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqani va yurtdagi bugungi o‘zgarishlar yana mana shunday allomalar chiqishiga poydevor bo‘lishini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda O‘zbekistonda haj va umra safarlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, tashkiliy tadbirlar, huquqiy asoslar, raqamlashtirish jarayonlari va o‘zbekistonlik ziyoratchilarning tartib-intizomi Saudiya tomonidan yuqori baholandi.
Yangiliklar lentasi
0