Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: chegaradan o‘tish vaqti 20 daqiqagacha qisqartiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOpredeleni zadachi v sfere transporta
Opredeleni zadachi v sfere transporta
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2025
Obuna bo‘lish
Matbuot xizmati: jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik qilish tartibi doimiy bo‘ladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport va logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda so‘nggi 7-yilda mahalliy tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash natijasida yuk avtomobillari soni 7 karra oshib, 26 mingga yetgan. Ularning xalqaro tashishdagi ulushi esa 35 foizdan 60 foizga oshgan.
“Lekin dunyodagi geosiyosiy vaziyat bu sohada qiyinchilik tug‘dirmoqda. G‘arb yo‘nalishida tashish muddati 2 karra, xarajati esa 1,5 barobargacha oshib ketayapti. Ayrim Yevropa mamlakatlari chegaralaridagi o‘tkazish punktlari yopilgan, boshqalarida uzoq navbatlar yuzaga kelgan. Shu bois transport-logistika tizimini izchil rivojlantirish va tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, xalqaro va mintaqaviy bozorlarga olib chiqadigan muqobil yo‘nalishlar bo‘ylab joylashgan mamlakatlar bilan tranzit yuk tashuvlarni soddalashtirish va erkinlashtirish, chegaralarda undiriladigan yig‘imlarni o‘zaro tenglik asosida kamaytirish yoki bekor qilish choralarini ko‘rish kerak.
“Respublikada yuk jo‘natuvchi va tashuvchini o‘zaro bog‘laydigan ekspeditorlik xizmatlarining asosiy qismi xorijiy kompaniyalarga to‘g‘ri keladi. Bu sohada mahalliy ekspeditorlarimni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning xalqaro yuk tashishdagi xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i olinmaydigan bo‘ldi. Natijada mahalliy korxonalar ulushini 45-50 foizga chiqarish imkoniyati ko‘rsatib o‘tildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Yig‘ilishda quyidagilar ma’lum qilindi:
Shu kabi choralar orqali xalqaro yuk tashish hajmini 2 karra oshirish, transport xizmatlari eksportini kamida 3 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilandi.
Mutasaddilarga elektron navbat tizimini keng joriy etib, chegaradan o‘tish vaqtini 20 daqiqagacha qisqartirish, transport vositalarini onlayn kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ikki yil oldin jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik qilishiga vaqtinchalik ruxsat berilgan edi. Buning natijasida taksichilar soni 6 barobar oshib, 457 mingga yetdi. Shu bois endi bu tartib doimiy bo‘lishi aytildi.
Taksilarga mijoz topishda qulay axborot xizmatlari bozori shakllandi. Hozirda 151 ta agregator kompaniyalar ish yuritayapti va bu yana o‘sib borayapti. Shu bois agregatorlar faoliyatini tartibga solish, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyatini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0