Ko‘proq pensiya olish uchun nima qilish kerak?

© Sputnik / Baxrom XatamovSokrashenie bednosti
Sokrashenie bednosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2025
Obuna bo‘lish
Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga qator tavsiyalar berdi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga pensiyaga chiqishda muammoga uchramaslik uchun nima qilish kerakligi yuzasidan tavsiyalar berdi.

Kimlarga pensiya tayinlanadi?

O‘zbekistonda Yoshga doir to‘liq pensiya erkaklarga 60 yoshga to‘lganda va 25-yil ish stajiga, ayollarga 55 yoshga to‘lganda va 20-yil ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. Bundan kamroq (kamida 7-yil) ish stajiga ega bo‘lganlarga to‘liqsiz pensiya tayinlanadi, ya’ni pensiya kamroq hisoblanadi.

Ish stajiga nimalar kiradi?

Pensiya tayinlashda rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan davrlar, yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini o‘zi band qilgan yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langan davrlar ish stajiga hisoblanadi.
Pensiya jamg‘armasining eslatishicha, ayollarda rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan va yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini o‘zi band yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida ijtimoiy soliq to‘langan davrlari jami 20-yil bo‘lganda 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish imtiyozi mavjud.
Bunda, yuqoridagi davrlar uchun kamida 7-yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning harbiy xizmat, oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi o‘qish hamda bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan (har bir bola uchun 3-yil, jami 6-yilgacha) davrlar ham umumiy ish stajiga qo‘shiladi.

Pensiyaga tayyorgarlik qanday amalga oshiriladi?

Pensiya tayinlashda fuqaroning rasmiy ishlagan davri va soliq to‘langan ish haqi (daromadi) inobatga olinadi. Ya’ni, fuqaro rasmiy ishlab, rasmiy daromad olgan sari yilma-yil pensiyaga huquqi shakllanib boradi.
"Demak, har bir fuqaro ish faoliyati va daromadini rasmiylashtirish orqali pensiyaga tayyorgarlik ko‘rib boradi", — deyiladi xabarda.
Jamg‘arma yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun pensiya yoshiga yaqin qolgan fuqarolar, shuningdek, yoshlar quyidagi tavsiyalarni berdi:
birinchidan, mehnat faoliyatingiz rasmiy shaklda ketayotganligiga, ishlayotgan tashkilotingizda sizga ish staji yozib borilayotganligiga ishonch hosil qiling. Buni mustaqil ravishda my.gov.uz portali orqali tekshirib olish mumkin;
ikkinchidan, ish beruvchingizdan ish stajlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirishni talab qiling;
uchinchidan, tashkilotingiz tomonidan sizga rasmiy shaklda ish haqi to‘lanayotganligiga e’tibor bering. Bunda, sizga hisoblangan ish haqi, haqiqatan qo‘lingizga oladigan ish haqingiz, ushlab qolinayotgan daromad soliqlari, jamg‘arib borilayotgan pensiya uchun o‘tkazilayotgan mablag‘lar va boshqalarni doimiy ravishda tekshirib boring;
to‘rtinchidan, agarda siz norasmiy shaklda faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘lab boring. Bu orqali siz ish stajingizni ko‘paytirib borasiz;
beshinchidan, pensiya qonunchiligiga oid yangiliklar, ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib boring, kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan xabardor bo‘ling;
oltinchidan, hozirda mehnat faoliyati yuritmayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchangizdagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishingiz lozim. Bunda, raqamlashtirilgan ma’lumotlaringizni my.gov.uz portalida ko‘rishingiz mumkin.
“Mehnat faoliyatingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hozir raqamlashtirib qo‘ysangiz pensiyaga chiqish vaqti kelganda ortiqcha ovora bo‘lib yurmaysiz. Yuqoridagi tavsiyalar asosida mehnat faoliyatingizni olib borsangiz, pensiya yoshiga yetganda pensiya ta’minoti kafolatlanadi”, — deya ta’kidlagan Pensiya jamg‘armasi.
Pensionniy vozrast v stranax YeAES i Uzbekistane v 2025 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va O‘zbekistonda pensiya yoshi — infografika
Yangiliklar lentasi
0