O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etilmoqda

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bu bilan davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish mumkin.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.
Suyunchi, to‘yona, rahmat: o‘zbekistonliklar qanday holatlarni "korrupsiya" deb biladi?
“Bu esa davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, - deydi Burxanov.
Akmal Burxanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Korrupsiyaga duch kelganda qanday yo‘l tutish kerak — Akmal Burxanov javobi
Yangiliklar lentasi
0