Turistik klaster maqomini olish uchun qanday talablarga javob berish kerak?

© Sputnik / Baxrom XatamovOtdix v gorax
Otdix v gorax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2025
Obuna bo‘lish
Turizm qo‘mitasi turistik klaster maqomini berish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan “Turistik klasterlarni tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, turistik klaster maqomi kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmuiga beriladi.
Turistik klasterlar belgilangan tartibda turistik klaster maqomi to‘g‘risidagi guvohnomani olgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Turizm qo‘mitasi turistik klaster maqomini berish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bunda ariza beruvchi elektron shaklda yoki pochta orqali belgilangan shakldagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qiladi.
Turistik klasterlarni tashkil etish va turistik klaster maqomini olish uchun tadbirkorlik subyektlari quyidagi talablarga javob berishi lozim, jumladan:
turistik klaster faoliyati turoperator – mehmonxona – transport xizmatlarini ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinganligi;
turistik klaster hududida sig‘imi kamida 40 nafar mehmon uchun mo‘ljallangan joylashtirish vositasining mavjudligi;
turistik klaster hududida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini (esdalik sovg‘alari) sotish shoxobchalari (kamida bitta savdo nuqtasi) mavjudligi.
Charvakskoe vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2024
Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoq suv ombori bo‘yida turizm markazi quradi
Yangiliklar lentasi
0