Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovProverka zreniya u oftalmologa
Proverka zreniya u oftalmologa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2025
Obuna bo‘lish
Shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama to‘lash rejalashtirilmoqda. Bu 2025-yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.
Shuningdek, loyihada tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.
2025 yil 1-noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept tizimi asosida tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0