Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishUborka urojaya pshenisi v Krasnoyarskom krae
Uborka urojaya pshenisi v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2025
Obuna bo‘lish
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.
U quyidagilarni nazarda tutadi:
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo‘lga qo‘yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirish.
Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish meyorini ta’minlash;
yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
yaylovlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Sbor urojaya pshenisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi — qaror
Yangiliklar lentasi
0