Xitoydagi festivalda Registonning muzdan yasalgan maketi namoyish etilmoqda

© IA "Dunyo"Maket ploshadi Registana v Samarkande, sdelanniy iz lda
Maket ploshadi Registana v Samarkande, sdelanniy iz lda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2025
Obuna bo‘lish
Xitoyning Xarbin shahridagi "Muz va qorning katta olami" tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 26-qishki muz va qor festivalida Registonning muzdan yasalgan maketi namoyish etilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Xarbin shahridagi "Muz va qorning katta olami" tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali bo‘lib o‘tmoqda.
“An’anaviy festivalning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Samarqanddagi Registon maydonining muzdan ishlangan maketidir”, — deyiladi xabarda.
Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, maydoni million kvadrat metr bo‘lgan qorli shaharchani qurish uchun jami 300 ming kub metr muz va qor sarflandi.
Shaharcha to‘qqizta asosiy zonaga bo‘lingan. Ularda Osiyo Olimpiya Kengashiga a’zo 42 ta mamlakat va 3 ta hududning diqqatga sazovor joylari maketlari yaratilgan. Uning dizayni va qurilishida 2025-yil 7-fevral kuni Xarbinda boshlanadigan qishki Osiyo o‘yinlari elementlaridan foydalanilgan.
“Tashrif buyuruvchilar mingdan ortiq g‘aroyib hamda rang-barang yoritgichli muz va qor haykallarini, shu jumladan, Osiyo davlatlarining namunaviy binolarida tasvirlangan art-obyektlarini ko‘rishlari mumkin. Bu yerda har bir kishi uchun turli madaniy tadbirlar va qishki ko‘ngilochar dasturlardan bahramand bo‘lish imkoniyati mavjud”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, "Muz va qorning katta olami" tematik parkiga 1999-yilda asos solingan. 2024-yilda muz shahriga 3 millionga yaqin odam tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0