Tojikistonda O‘zbekiston savdo uyi ochildi

© Sputnik / Ruben GarsiyaPanorama goroda Dushanbe s visoti
Panorama goroda Dushanbe s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘tgan bir yil davomida Tojikistonga 115 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Tojikistonning Dushenbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Bugun "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan Tojikiston poytaxtida tashkil qilingan navbatdagi O‘zbekiston savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan bir yil davomida Tojikistonga 115 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan:
metall mahsulotlari 34 million dollarlik;
quruq qurilish aralashmalari va sement buyumlari 13 million dollarlik;
sopol buyumlar 12 million dollarlik;
quvurlar va plastmassa mahsulotlari 23 million dollarlik;
DSP hamda MDF plitalari 11 million dollarlik;
shisha va shisha buyumlar 7 million dollarlik.
“Tojikiston O‘zbekiston qurilish materiallari eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni qad etib, mamlakatning ushbu sohadagi ishonchli hamkorlardan biri sanaladi. Shu bilan bir qatorda "Made in Uzbekistan" yorlig‘i ostidagi qurilish mahsulotlariga bo‘lgan talab Tojikiston bozorida yildan-yilga ortib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Hozirda Tojikistonga gazobeton bloklari, issiqlik saqlovchi plitalar, tabiiy toshlar va gulqog‘ozlar eksportini yanada oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan Ozarbayjon poytaxti Boku va Afg‘oniston poytaxti Kobul shaharlarida ham savdo uylari ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0