Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga hamdardlik maktubi yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2025
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: men halok bo‘lganlarning oila a’zolari qayg‘usiga sherikman.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AZAL samolyoti halokati munosabati bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

“Oqtov shahri yaqinida Ozarbayjon Havo Yo‘llari fuqaro samolyotining fojiali halokatga uchrashi munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qiling. Men halok bo‘lganlarning oila a’zolari qayg‘usiga sherikman va ularni qo‘llab-quvvatlayman, shuningdek, barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, — deyilgan maktubda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 25-dekabr kuni Boku-Grozniy reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti Oqtov shahri yaqinida 3 km uzoqlikda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyotda 67 kishi - 62 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyotda bo‘lgan 37 nafar Ozarbayjon fuqarosidan 23 nafari halok bo‘lgan, 14 nafari tirik qolgan. Qirg‘izistondan kelgan uch nafar yo‘lovchi ham tirik qolgan. 16 nafar Rossiya fuqarosidan yetti nafari halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari tirik qoldi.
Samolyotdagi barcha olti Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘lgan. Parvoz ekipaji besh kishidan iborat edi: ulardan ikkitasi halok bo‘ldi, uchtasi omon qoldi.
Shavkat Mirziyoyev Oqtovdagi samolyot halokatidan keyin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0