O‘zbekiston va Eron qo‘shma savdo ko‘rgazmalarini tashkil etishga kelishib oldi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaFlagi Uzbekistana i Irana
Flagi Uzbekistana i Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Eronning Mozandaron ustoniga tashrifi doirasida gubernator bilan uchrashdi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududlari va Eronning Mozandaron ustoni o‘rtasida hamkorlikni jadallashtirishga kelishib olindi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Mozandaron ustoniga tashrifi doirasida gubernator Mehdi Yunusiy Rostamiy bilan uchrashdi.
“Tomonlar Eron va O‘zbekiston o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida ishbilarmon doira vakillarining hududlarga o‘zaro tashriflarini tashkillashtirish hamda qo‘shma savdo ko‘rgazmalarini tashkil etish bo‘yicha kelishilib oldi”, — deyiladi xabarda.
Mozandaron gubernatorining qayd etishicha, Eron va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-sanoat, investitsiya, qishloq xo‘jaligi va turizm kabi sohalarda o‘zaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish salohiyati mavjud.
Muloqot chog‘ida mazkur yo‘nalishda munosabatlarni rivojlantirish maqsadida bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Eron tajribasi asosida urug‘lik kartoshka yetishtirishni rivojlantirishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Eron turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv meromandumini ishlab chiqadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning oktabr oyida Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuvda kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish muhimligini qayd etishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0