O‘zbekiston 135 ming tonna chiqindidan tozalandi

© Sputnik/Anna JelixovskayaSbor i pererabotka otxodov
Sbor i pererabotka otxodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2025
Obuna bo‘lish
Tadbir doirasida 124 ta sanitar tozalash korxonalari tomonidan 800 ming 263 ta jamoat joylari, mahallalar va markaziy ko‘chalar obod qilindi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. “Dolzarb 10 kunlik” doirasida O‘zbekiston hududi 135 ming tonna chiqindidan tozalandi, deya xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 5-yanvarga qadar respublikaning barcha hududlarida "Dolzarb 10 kunlik" tozalik tadbirlari o‘tkazildi.
O‘zbekistonda "Dolzarb 10 kunlik" tozalik tadbirlari boshlandi
Tadbir davomida mahalla hududlarini ozoda saqlash, bayram tadbirlarida chiqindi to‘planib qolishining oldini olish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishga qat’iy rioya qilish bo‘yicha hududlarda doimiy tarzda tozalik ishlari tashkil etildi.
Bunda 124 ta sanitar tozalash korxonalari tomonidan 800 ming 263 ta jamoat joylari, mahallalar va markaziy ko‘chalar obod qilindi.
“Dolzarb 10 kunlik davomida respublika hududi jami 135 ming 200 tonna chiqindidan tozalandi”, — deyiladi xabarda.
Tozalik tadbirlaridan maqsad Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, atrof-muhitni ozoda saqlash va bu orqali ekologik vaziyatning yana-da yaxshilanishiga hissa qo‘shishdan iborat edi.
Yangiliklar lentasi
0