Rossiyaning “MISiS” universiteti O‘zbekistonda energetiklarni tayyorlash uchun litsenziya oldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochie na uchastke stroitelstva gazoprovoda "Severniy potok-2" v Leningradskoy oblast
Rabochie na uchastke stroitelstva gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2025
Obuna bo‘lish
Talabalar qabuli 2025-yildan boshlanadi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Rossiyaning “MISiS” Fan va texnologiya universitetining Olmaliq shahridagi filiali "Elektr energetikasi va elektrotexnika" yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berish uchun litsenziya oldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekistonda yana bir universitet filialida xalqaro darajadagi energetiklar tayyorlanishi boshlanadi. "MISIS" universitetining Olmaliq filiali "Elektr energetikasi va elektrotexnika" yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berish uchun litsenziya oldi. Litsenziya olish jarayoni bir yildan ortiq vaqt talab etadi va bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi: kampusda sharoit yaratishdan tortib, professor-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlashgacha”, — deyiladi xabarda.

Talabalar qabuli 2025-yildan boshlanadi. Filial negizida magistrlik dasturlarini o‘z ichiga olgan Ilg‘or muhandislik maktabi (IMM) ham tashkil etiladi.
Filial 2018-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va allaqachon konchilik, metallurgiya va avtomatlashtirish sohasida mutaxassislar tayyorlamoqda.
"Bu katta yutuq" — Falkov O‘zbekistondagi Rossiya OTMlarini yuqori baholadi
Vpervie ucheniy iz Uzbekistana poluchil medal Minobrnauki Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2024
Endi Rossiyaning “MISiS” universiteti O‘zbekistonda xalqaro energetiklarni tayyorlaydi
Yangiliklar lentasi
0