https://oz.sputniknews.uz/20250106/rossiya-harbiy-kuraxovo-nazorat-mudofaa-47459039.html
Rossiya qurolli kuchlari Kuraxovoni nazoratga oldi — Mudofaa vazirligi
Rossiya qurolli kuchlari Kuraxovoni nazoratga oldi — Mudofaa vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
“Janub” kuchlar guruhi bo‘linmalari Kuraxovo shahrini to‘liq ozod qildi. 06.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-06T14:21+0500
2025-01-06T14:21+0500
2025-01-06T14:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
donesk xalq respublikasi (dxr)
rossiya mudofaa vaziri
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0f/44807487_0:142:3387:2047_1920x0_80_0_0_7dc7be593e7ecfbdc64cccfdddfda5c3.jpg.webp
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Rossiyaning “Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donbassdagi Kuraxova shahrini nazoratga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi. Kuraxovoni ozod qilishda 5 va 110-motoo‘q brigadalari harbiy xizmatchilari jasorat va qahramonlik ko‘rsatib, alohida ajralib turishdi. Vazirlik bu shahar Ukraina Qurolli kuchlari uchun muhim logistika markazi ekanligini tushuntirdi, shuning uchun uning ozod etilishi Ukraina guruhining Donesk yo‘nalishidagi logistika va texnik ta’minotini sezilarli darajada murakkablashtirdi va Kiyev rejimini DXR poytaxtining tinch mavzelariga artilleriyadan o‘q otish imkoniyatidan mahrum qildi. Shuningdek, vazirlik o‘n yil davomida Ukraina harbiylari shaharni uzoq muddatli o‘q otish punktlari va yer osti aloqalarining rivojlangan tarmog‘iga ega kuchli mustahkamlangan hududga aylantirganini eslatdi. Bundan tashqari, Kuraxovo shimoldan suv ombori bilan qoplangan, bu Rossiya hujum bo‘linmalarining manevr qobiliyatini sezilarli darajada cheklagan. Shu bilan birga, Kuraxovo yaqinidagi ikki oylik jangovar harakatlar davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining kunlik yo‘qotishlari o‘rtacha 150 dan 180 gacha harbiy xizmatchinitashkil etgan. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, dushman shaharni himoya qilish uchun millatchilar va xorijlik yollanma askarlardan iborat bo‘linmalarni jalb qilib, ularni artilleriya va tanklar bilan mustahkamlagan. Ular orasida elita 79-havo hujumi va 46-aeromobil brigadalari, shuningdek, 5-og‘ir, 33 va 157-mexanizatsiyalashgan brigadalar bor. Umuman olganda, Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi umumiy soni 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilardan iborat 26 ta batalonni jamlagan. Kuraxovo — DXR g‘arbiy qismidagi shahar, Doneskdan 46 kilometr va Krasnoarmeyskdan (Pokrovsk) 30 kilometr janubda joylashgan. Shahar katta operatsion ahamiyatga ega. Bu Donbassning janubi-g‘arbiy qismidagi eng yirik aholi punkti bo‘lib, u Ugledar ozod qilinganidan keyin eng uzoq vaqt Ukraina Qurolli Kuchlari nazorati ostida qolgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0f/44807487_247:0:2976:2047_1920x0_80_0_0_237e33ba468c4eb58bef0cce3292ff32.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, donesk xalq respublikasi (dxr), rossiya mudofaa vaziri, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, donesk xalq respublikasi (dxr), rossiya mudofaa vaziri, ukraina
Rossiya qurolli kuchlari Kuraxovoni nazoratga oldi — Mudofaa vazirligi
“Janub” kuchlar guruhi bo‘linmalari Kuraxovo shahrini to‘liq ozod qildi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Rossiyaning “Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donbassdagi Kuraxova shahrini nazoratga oldi, deb xabar qildi
Mudofaa vazirligi. “Faol hujum operatsiyalari davomida “Janub” kuchlar guruhi bo‘linmalari Donbassning janubi-g‘arbiy qismidagi eng yirik aholi punkti bo‘lgan Kuraxovo shahrini to‘liq ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Kuraxovoni ozod qilishda 5 va 110-motoo‘q brigadalari harbiy xizmatchilari jasorat va qahramonlik ko‘rsatib, alohida ajralib turishdi.
Vazirlik bu shahar Ukraina Qurolli kuchlari uchun muhim logistika markazi ekanligini tushuntirdi, shuning uchun uning ozod etilishi Ukraina guruhining Donesk yo‘nalishidagi logistika va texnik ta’minotini sezilarli darajada murakkablashtirdi va Kiyev rejimini DXR poytaxtining tinch mavzelariga artilleriyadan o‘q otish imkoniyatidan mahrum qildi.
Shuningdek, vazirlik o‘n yil davomida Ukraina harbiylari shaharni uzoq muddatli o‘q otish punktlari va yer osti aloqalarining rivojlangan tarmog‘iga ega kuchli mustahkamlangan hududga aylantirganini eslatdi. Bundan tashqari, Kuraxovo shimoldan suv ombori bilan qoplangan, bu Rossiya hujum bo‘linmalarining manevr qobiliyatini sezilarli darajada cheklagan.
"Kuraxovoni ozod qilish paytida rus qo‘shinlarining professional harakatlari natijasida dushman o‘z shaxsiy tarkibining 80 foizini (12 mingdan ortiq kishi) qariyb uch ming birlik turli xil qurol va harbiy texnika, shu jumladan 40 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasini yo‘qotdi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Shu bilan birga, Kuraxovo yaqinidagi ikki oylik jangovar harakatlar davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining kunlik yo‘qotishlari o‘rtacha 150 dan 180 gacha harbiy xizmatchinitashkil etgan. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, dushman shaharni himoya qilish uchun millatchilar va xorijlik yollanma askarlardan iborat bo‘linmalarni jalb qilib, ularni artilleriya va tanklar bilan mustahkamlagan. Ular orasida elita 79-havo hujumi va 46-aeromobil brigadalari, shuningdek, 5-og‘ir, 33 va 157-mexanizatsiyalashgan brigadalar bor.
Umuman olganda, Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi umumiy soni 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilardan iborat 26 ta batalonni jamlagan.
"Kuraxovo qo‘lga kiritilgandan so‘ng, rus qo‘shinlari operatsiya maydoniga kirishdi. Bu bizga Donesk Xalq Respublikasi hududini ozod qilish sur’atini oshirish imkonini beradi", — deya qayd etilgan xabarda.
Kuraxovo — DXR g‘arbiy qismidagi shahar, Doneskdan 46 kilometr va Krasnoarmeyskdan (Pokrovsk) 30 kilometr janubda joylashgan. Shahar katta operatsion ahamiyatga ega. Bu Donbassning janubi-g‘arbiy qismidagi eng yirik aholi punkti bo‘lib, u Ugledar ozod qilinganidan keyin eng uzoq vaqt Ukraina Qurolli Kuchlari nazorati ostida qolgan.