Endi o‘zbekistonliklar Tailand vizasini onlayn olishlari mumkin

© Depositphotos / DimaberkutRuki nad klaviaturoy
Ruki nad klaviaturoy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2025
Obuna bo‘lish
Tailand vizasini olish uchun yangi platforma orqali murojaat qilish kerak.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Tailand Tashqi ishlar vazirligi yangi yildan boshlab mamlakatning xorijdagi barcha elchixonalari va bosh konsulliklarida elektron viza xizmati joriy etilganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Dunyo”AA.
Qayd etilishicha, "e-Visa" xizmati 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab Tailandning xorijdagi barcha 94 ta elchixonasi va bosh konsulliklarida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Tailand vizasi uchun chet el fuqarosi yangi onlayn platforma orqali murojaat qilishi kerak.
Ta’kidlanishicha, ariza beruvchidan Tailand diplomatik va konsullik idoralariga pasportning asl nusxasi va tasdiqlovchi hujjatlarni shaxsan taqdim etishi talab qilinmaydi. Ariza ma’qullangandan so‘ng, tasdiqlovchi elektron pochta xabari yuboriladi. Ariza beruvchidan Tailand chegarasidagi aviakompaniya va immigratsiya xizmati xodimlariga taqdim etish uchun tasdiqlovchi elektron pochta nusxasini chop etishi so‘raladi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, 2024-yil 15-iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga 60 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim joriy etildi. Elektron viza tizimida esa fuqarolarga 90 kunlik turistik, biznes, oilaviy va boshqa vizalar beriladi.
Yangiliklar lentasi
0