Metapnevmovirus infeksiyasi: O‘zbekistonda vaziyat qanday?

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie
Testirovanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2025
Obuna bo‘lish
Sanepidqo‘mita: O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi, deya xabar berdi Sanepidqo‘mita matbuot xizmati.
So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator mamlakatlari bo‘ylab metapnevmovirus infeksiyasi avj olayotgani hamda ushbu xastalik COVID-19dan ham xavfliroq ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
“Metapnevmovirus birinchi marta 2001-yilda aniqlangan bo‘lib, asosan havo-tomchi yo‘li bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Virusni asosan kuz-qish mavsumida faol aylanishi kuzatiladi. Metapnevmovirus infeksiyasi, odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma kabi belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi”, — deyilgan xabarda.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kuzatilmoqda, shu jumladan 10-yillardan buyon mamlakatda metapnevmovirus ham qayd etilmoqda.
Metapnevmovirusning kuz-qish davrida yanada faollashuvi kuzatiladi. Bu infeksiya odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma belgilari bilan, xuddi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar shaklida paydo bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.
“Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi”, — deyilgan xabarda.
Kasallikni davolash odatda simptomatik bo‘lib, asosan uy sharoitida bemorning ahvolini yengillashtirishga qaratilgan muolajalar qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda kislorodli terapiya yoki kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin.

“O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Ushbu respirator infeksiyalarning so‘ngi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9% da gripp virusi, 30,2% da rinovirus, 28,6% da respirator-sinsitial virus, 1,2%da metapnevmovirus va 3,1% da boshqa viruslar aniqlangan”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Sanepidqo‘mita aholini profilaktika choralariga rioya qilish, odamlar gavjum joylarda, ayniqsa, kasallik belgilari yaqqol namoyon bo‘lib turgan fuqarolar bilan muloqotni cheklashga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0