O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibining o‘rinbosari bo‘ldi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2025
Obuna bo‘lish
Diplomat 50 yoshda. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb yozmoqda "Dunyo" AA.
“1 yanvar kuni O‘zbekiston vakili Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi”, — deyiladi xabarda.
© IA "Dunyo"Predstavitel Uzbekistana naznachen zamestitelem generalnogo sekretarya ShOS
Predstavitel Uzbekistana naznachen zamestitelem generalnogo sekretarya ShOS
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2025
Predstavitel Uzbekistana naznachen zamestitelem generalnogo sekretarya ShOS
Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.
2005 yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Pekindagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
2023 yildan O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi-vakili, ShHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil. Falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.
Yangiliklar lentasi
0