O‘zbekiston xorijga 33 mln dollarga teng televizor eksport qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina polzuyetsya pultom
Mujchina polzuyetsya pultom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yanvar-noyabr oylarida xorijga 173,8 ming dona televizor eksport qilgan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 11 oyda xorijga 173,8 ming dona televizor eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 33 mln dollarga teng bo‘lgan 173,8 ming dona televizor eksport qilgan.
Eng ko‘p televizor eksport qilingan davlatlar:
Rossiya – 60,7 ming dona;
Ozarbayjon – 50,5 ming dona;
Turkiya – 17,1 ming dona;
Armaniston – 8 ming dona;
Boshqa davlatlar – 5,7 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2023-yilda 230 mingdan ortiq televizor eksport qildi, bu 2022-yilga nisbatan 2,6 foizga kam. Eksportning umumiy hajmi 52 million dollarni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0