Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh maxsus operatsiya boshlanishidan ancha oldin Ukrainani qurollantirishni boshlagan — Blinken

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy sekretar SShA Entoni Blinken vistupayet na press-konferensii v Kongress-sentre pered nachalom sammita Aziatsko-Tixookeanskogo ekonomicheskogo sotrudnichestva (ATES) v Bangkoke.
Gosudarstvenniy sekretar SShA Entoni Blinken vistupayet na press-konferensii v Kongress-sentre pered nachalom sammita Aziatsko-Tixookeanskogo ekonomicheskogo sotrudnichestva (ATES) v Bangkoke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV: shuning uchun ham Maxsus harbiy operatsiyaning vazifalaridan biri Ukrainani demilitarizatsiya qilish va mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashdir
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Amerika Davlat kotibi Entoni Blinken New York Times gazetasiga bergan intervyusida Vashington Kiyevni maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan ancha oldin qurollantirishni boshlaganini tan oldi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Biz rus... (operatsiya - tahr.) boshlanishidan ancha oldin, sentabr oyidan (2021 yil - tahr.) va keyin yana dekabr oyidan boshlab, bildirmasdan Ukrainani kerak bo‘lgan hamma narsaga ega ekanligiga ishonch hosil qilishuchun - Stinger (zenit komplekslari), Javelin (tankka qarshi raketalar ) kabi katta miqdordagi qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga harakat qildik”, — dedi Blinken.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning bu boradagi so‘zlariga javob berara ekan, “shuning uchun Maxsus harbiy operatsiyaning vazifalaridan biri Ukrainani demilitarizatsiya qilishdir” deb aytdi.
“Rossiya bu haqda uzoq yillardan beri gapirib keladi. Va shtatlar va Britaniya tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ kiritilishi va Rossiya chegaralarini buzgan holda Qora dengizda NATOning cheksiz mashqlari va G‘arb mamlakatlari harbiy samolyotlarining mamlakatimiz havo hududida fuqarolik samolyotlari bilan xavfli yaqinlashishi haqida ham”, — dedi Zaxarova.
"Aslida, shuning uchun ham Maxsus harbiy operatsiyaning vazifalaridan biri Ukrainani demilitarizatsiya qilish va mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashdir", - deya qo‘shimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0