O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi qadamlarni belgilab oldi

© Karakalpakskom informatsionnom agentstve (KKIA)Flagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini Moskvada o‘tkaziladi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar belgilab olindi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining 3-yig‘ilishida onlayn tarzda ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo, sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida amaldagi kelishuvlarning ijro etilishining bugungi holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, amalga oshirish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar belgilab olindi.
“Joriy yilning 10 oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga o‘sib, 9,7 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berilayotgan mahsulotlar ro‘yxati 68 ta yangi pozitsiyaga ko‘paydi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirilishini atroflicha ko‘rib chiqishdi. Qayd etilishicha, uning asosiy maqsadi ikki mamlakatning o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarini 30 milliard dollarga yetkazishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi, transport va agrosanoat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish muhim.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirishdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini shu yil oxirigacha Moskva shahrida o‘tkazish muddatlari kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0