https://oz.sputniknews.uz/20241130/eik-armaniston-rossiya-sariyog-tarif-imtiyozlari-46894538.html
YeIK: Armaniston va Rossiyaga olib kiriladigan sariyog‘ uchun tarif imtiyozlari berildi
YeIK: Armaniston va Rossiyaga olib kiriladigan sariyog‘ uchun tarif imtiyozlari berildi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Armanistonga 2 ming tonnadan va Rossiyaga 25 ming tonnadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olib kiriladigan sariyog‘ uchun import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish ko‘rinishidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishga qaror qildi.
2024-11-30T18:23+0500
2024-11-30T18:23+0500
2024-11-30T18:24+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
armaniston
rossiya
import
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/15/38052479_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_b9ed416e40a2d497e7f628e3da4e0343.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Armanistonga 2 ming tonnadan va Rossiyaga 25 ming tonnadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olib kiriladigan sariyog‘ uchun import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish ko‘rinishidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishga qaror qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Bojxona tarifini tartibga solishning ushbu chorasi hujjat kuchga kirgan kundan boshlab 2025-yil 15-iyungacha amal qiladi.U qaror boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqarishga zarar yetkazmagan holda qisqa muddatda talab va taklif muvozanatini ta’minlashini alohida ta’kidladi. Import, xususan, Eron va Hindistondan amalga oshirilishi mumkin.Tarif imtiyozlari Armaniston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda taqdim etiladi.Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241128/mamlakatlar-ishbilarmonlik-faollik-46850884.html
armaniston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/15/38052479_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ee00b82909290cad63dacd51ed7d8683.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeik armaniston rossiya sariyog‘ tarif imtiyozlari
yeik armaniston rossiya sariyog‘ tarif imtiyozlari
YeIK: Armaniston va Rossiyaga olib kiriladigan sariyog‘ uchun tarif imtiyozlari berildi
18:23 30.11.2024 (yangilandi: 18:24 30.11.2024) Tarif imtiyozlari Armaniston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda taqdim etiladi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Armanistonga 2 ming tonnadan va Rossiyaga 25 ming tonnadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olib kiriladigan sariyog‘ uchun import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish ko‘rinishidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishga qaror qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
xabar berdi. Bojxona tarifini tartibga solishning ushbu chorasi hujjat kuchga kirgan kundan boshlab 2025-yil 15-iyungacha amal qiladi.
“Ushbu choraning joriy etilishi narxlarning oshishiga chek qo‘yish va tanqislikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki bozorda qo‘shimcha sariyog‘ yetkazib berishni ta’minlash uchun zarur. Yetkazib berilayotgan yog‘dan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham, chakana savdoda sotishda ham foydalanish mumkin”, — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
U qaror boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqarishga zarar yetkazmagan holda qisqa muddatda talab va taklif muvozanatini ta’minlashini alohida ta’kidladi. Import, xususan, Eron va Hindistondan amalga oshirilishi mumkin.
Tarif imtiyozlari Armaniston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda taqdim etiladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.