Mirziyoyev Xorazm va Surxondaryoni rivojlantirish bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqdi
10:30 23.11.2024 (yangilandi: 10:58 23.11.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Xorazmga kelgusi yil 1,5 milliard dollar, Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyatga kelgusi yil 1,5 milliard dollar investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan. Bu ko‘plab korxonalar, ish o‘rinlari va turmush farovonligiga asos bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
Mirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Masalan, Qo‘shko‘pir tumanida 175 gektar yer sanoat zonasiga qo‘shib berilsa, 1 milliard dollarlik loyihalarga yo‘l ochiladi. U yerda elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va farmatsevtika yo‘nalishida 2 mingta ish o‘rni yaratiladi.
Shovot kanalining himoya zonasi 50 metrdan 25 metrga qisqartirilsa, 30 million dollarlik loyihalarni joylashtirish mumkin bo‘ladi. U yerda 1 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2,5 mingta yangi ish o‘rni ochiladi.
G‘azovot va Polvon kanallari atrofida ham 50 million dollarlik loyihalar uchun imkoniyat bor.
44 ta maktab va bog‘chani ta’mirlash, davlat-xususiy sheriklik asosida yangilarini qurish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Urganch, Bog‘ot, Shovot va Yangibozor tumanida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etish mo‘ljallangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
Mirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari bu takliflarni mujassam qilib, qaror loyihasi tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Imkoniyatlarni natijaga aylantirib, odamlarni ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish muhimligini ta’kidladi.
Mirziyoyev, shuningdek, Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
Mirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Kelgusi yilda Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksportni 320 million dollarga yetkazish reja qilingan.
Xitoylik investorlar Bobotog‘ hududidagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya kiritib, 2 ming ish o‘rni yaratishni taklif qilayapti. Buning natijasida yiliga 600 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Bandixon tumanidagi 50 gektar maydonda Termiz erkin iqtisodiy zonasining filialini ochish rejalashtirilgan.
Muzrabotdagi 17 ta kollektorda yig‘iladigan suv qariyb 4 ming gektarda sholi yetishtirish imkonini beradi. Bu orqali yiliga 8,5 ming tonna guruch olinadi, 400 nafar odam doimiy, yana 4,5 ming nafari mavsumiy ish bilan band bo‘ladi.
Sangardak, Omonxona, Boysun hududida turizm sharoitlarini yaxshilab, kamida 1 million sayyohni jalb qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarni taqdimot qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
Mirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish, konlar negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo va xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Dehqonchilik uchun ajratilayotgan har bir maydon aholi bandligi va oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.