"UzAuto Motors" "Kobalt"ga 31 mingtadan ziyod shartnoma tuzdi

© Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane

AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2024
Obuna bo‘lish
Shartnoma faqat onlayn imzolanadi, mijozlar avtomobil uchun to‘lovni yetti kun ichida amalga oshirishi kerak.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. "UzAuto Motors" "Kobalt" uchun 31 mingtadan ortiq shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

"Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 17:00 holatiga ko‘ra, "UzAutoSavdo" platformasi orqali jami 31 097 ta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi", - deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, shartnoma imzolash vaqtida "UzAutoSavdo" platformasiga taxminan 22,7 mingta kiberhujum qayd etilgan. Mazkur kiberhujumlar qaytarildi, platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmadi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun "Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS" hamda "Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT" modifikatsiyalari uchun shartnoma imzolash bugun soat 10:00 da boshlangan edi.

Shartnomalar faqat onlayn, "UzAutoSavdo" platformasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Shartnoma imzolagan mijozlar avtombilning dastlabki to‘lovni 7 kun ichida amalga oshirishlari kerak.
Yangiliklar lentasi
0