Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishProizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskom predpriyatii «Obolenskoe"
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskom predpriyatii «Obolenskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2024
Obuna bo‘lish
Hozirda respublika bozorida Rossiya Federatsiyasining 200 ga yaqin farmatsevtika kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiyaning qator kompaniyalari O‘zbekistonda turli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ma’lum qildi.
Kaminin Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Farma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” III xalqaro kongress va ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Tadbirda 350 taga yaqin farmatsevtika korxonasi hamda asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston jahon farmatsevtika bozorida” sessiyasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
“Rossiya uzoq yillar davomida O‘zbekiston bozoriga dori vositalarining ishonchli yetkazib beruvchisi bo‘lib kelgan. Bundan tashqari, qator mahalliy kompaniyalar respublikada turli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor”, — dedi Kaminin.
Yanvar-iyun oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish qariyb 72 million dollarni tashkil etdi. Respublika bozorida Rossiyaning 200 taga yaqin farmatsevtika kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Rossiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Rossiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0