Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Taslim bo‘lgan Ukraina askarlari AQSh manfaatlari yo‘lida o‘lishni xohlamasliklarini aytishdi

© AP Photo / LIBKOSUkrainskie soldati v ukritii nedaleko ot linii fronta bliz Avdeyevki, Ukraina, 17-fevralya 2023 goda.
Ukrainskie soldati v ukritii nedaleko ot linii fronta bliz Avdeyevki, Ukraina, 17-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2024
Obuna bo‘lish
NATO qurollari bilan taslim bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlari askarlari AQSh uchun o‘lishni xohlamaganliklarini aytishdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xarkov yo‘nalishida taslim bo‘lgan ukrainalik askarlar Zelenskiy va AQSh manfaatlari uchun o‘lishni xohlamaganliklarini tan olishdi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya huquqni muhofaza qilish organining vakili ma’lum qildi.
“Taslim bo‘lgan dushman piyoda askarlari Zelenskiy va AQSh manfaatlari yo‘lida o‘lishni istamasliklarini aytdilar, shuning uchun ular qurollarini tashlashga qaror qilishdi”, — dedi u.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, taslim bo‘lganlar Ukraina Qurolli kuchlarining 63-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasining ikki razvedkachi piyoda askarlaridir. Ularning yonida NATO davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy kiyim-kechak, o‘q-dorilar va qurollarning namunalari bo‘lgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ukrainalik askarlar Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududga tashlangan ko‘rsatma varaqalaridan front chizig‘ida taslim bo‘lish texnologiyasi bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar olgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida “G‘arb” guruhi DXRning Novosadovskoe qishlog‘ini ozod qilgan, DXR va Xarkov viloyatidagi uchta ukraina brigadasining tuzilmalarini mag‘lub etgan va bitta qarshi hujumni qaytargan.
Ushbu janglarda Ukraina qo‘shinlaridan 470 dan ortiq kishi halok bo‘lgan va yaralangan, shuningdek, dushman 13 ta texnikasini yo‘qotgan. Uchta dala o‘q-dori ombori ham yo‘q qilindi.
Soldat VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Asirga olingan ukrainalik askar kutilmagan iltimos bilan murojaat qildi
Yangiliklar lentasi
0