O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot muassasalari hamkorlik qilishga kelishib oldi

© Xokimiyat goroda TashkentaXokim Tashkenta Shavkat Umurzakov vstretilsya s delegatsiyey pod rukovodstvom glavi goroda Yekaterinburga Rossiyskoy Federatsii Alekseyem Orlovim
Xokim Tashkenta Shavkat Umurzakov vstretilsya s delegatsiyey pod rukovodstvom glavi goroda Yekaterinburga Rossiyskoy Federatsii Alekseyem Orlovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda Ona va bola salomatligi markazining 50-yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Rossiyaning ikkita tibbiyot muassasasi bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati.
Toshkentda Ona va bola salomatligi markazining 50-yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
© Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr zdorovya materi i rebenkaKonferensiya, posvashennaya 50-letiyu Sentra zdorovya materi i rebenka
Konferensiya, posvashennaya 50-letiyu Sentra zdorovya materi i rebenka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2024
Konferensiya, posvashennaya 50-letiyu Sentra zdorovya materi i rebenka
“Konferensiya doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Rossiyaning ikkita muassasasi — "Akademik V,I. Krasnopolskiy nomidagi akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti" MO SSDBM, hamda "Hududiy perinatal markazi" Kaliningrad DBM bilan Bitim imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Konferensiyaning ochilishida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva prezidentfarmoni bilan taqdirlanganqator xodimlargamukofotlarni topshirdi.
© Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr zdorovya materi i rebenkaKonferensiya, posvashennaya 50-letiyu Sentra zdorovya materi i rebenka
Konferensiya, posvashennaya 50-letiyu Sentra zdorovya materi i rebenka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2024
Konferensiya, posvashennaya 50-letiyu Sentra zdorovya materi i rebenka
“Ona va bola salomatligi haqida qayg‘urish O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi, va ushbu konferensiya onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan malakali tibbiy yordam sifatini oshirishga, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini, amaliyotga xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy, ilmiy-asoslangan va eng yaxshi klinik tavsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan”, — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Asilbek Xudayarov.
Qayd etilishicha, yubiley sanaga bag‘ishlab "Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari" mavzusida o‘tkazilayotgan konferensiyada 12 ta xorijiy davlatdan soha ekspertlari va mahalliy mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Toshkent konferensiyasida eng keng taqdim etilgan Rossiya ilmiy maktabi bo‘ldi.
Akusherlik va ginekologiya sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan Rossiyaning quyidagilar ishtirok etdi:
Sankt-Peterburgdagi RXDU tibbiyot instituti;
"D.O.Otta nomidagi Ilmiy-tadqiqot instituti" FDBIM;
"V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazi" FBDM;
OT FDTBM "Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti";
Rossiya Federatsiyasining Kazan, Astraxan, Yekaterinburg, Kaliningrad shaharlari mutaxassislari.
Yangiliklar lentasi
0